Backup interfeysi bir necha qismdan iborat bo'lib, ularni alohida-alohida ko'rib chiqamiz.
Full Backup (To'laqonli Zaxiralash)
Juda Muhim: To'liq backup olinishi uchun sizdagi hosting disk hajmi yarmidan kamroq miqdorda to'lgan bo'lishi kerak. Yo'qsa backup arxiv fayl tayyorlanishi disk hajmini to'ldirib qo'yadi, yoki arxivlash muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi.
To'liq zaxira faylini yuklab olish tugmasi(Download a Full Account Backup)ni bosing
Ochilgan sahifada kerakli parametrlarni kiritamiz va "Generate Backup", ya'ni zaxira faylini yaratishni bosamiz
- Backup fayl saqlanishi kerak bo'lgan manzilni belgilaymiz
- Zaxiralash biroz vaqt olishi mumkin. Jarayon yakunlangani haqida ma'lumot olish uchun pochta manzilini sozlab qo'yishingiz mumkin.
- integration links qismi texnik jihatdan sizga keraksiz va tushunarsizroq bo'lishi mumkin. Bu qismni qoldirib ketishingiz mumkin, yoki rasmiy maqolada bu to'g'risida tanishib chiqing
- "Generate Backup" tugmasini bosamiz
Shu tariqa butun hosting akkaunt uchun to'liq backup fayli yaratiladi
To'liq hosting akkaunt arxividan tiklash cPanel boshqaruvida mavjud emas. Agar to'liq hosting akkaunt zaxirasi mavjud bo'lsa, uni qo'lda joylashtirishingiz, yohud bizning support kontaktimiz orqali server adminlarimizdan tiklab berishni so'rashingiz mumkin.
Doimiy saqlab boriladigan akkaunt zaxiralari (Account Backups)
Siz, o'zingiz uchun alohida, to'liq hosting fayllarini arxivlab bormasangiz ham, tizimning o'zi alohida ajratilgan qismda (sizning hosting disk hajmini egallamasdan) to'liq akkaunt zaxirasini saqlab boradi.
Ya'ni yuqoridagi kabi jarayon. Faqat sizning hosting papkangizda emas, balki boshqa qismda; siz tanlaydigan vaqtda emas, rejalashtirilgan kun va vaqtlarda; tiklash uchun emas, faqatgina yuklab olish uchun.
Siz istalgan payt mana shu, tayyor backup fayllardan kerakli sana uchun to'liq akkaunt bekapini o'zingizga yuklab olsangiz bo'ladi.
Bizda bekaplar 6 oygacha saqlanadi. Agar siz bundan ham avvalgi bekaplarni o'zingizda saqlab olmoqchi bo'lsangiz, kerakli paytlarda akkaunt backup fayllarini yuklab olib, o'z kompyuteringizda saqlashingiz kerak bo'ladi.
Keyinchalik turli sabablarga ko'ra 6 oydan ham avvalgi, ammo sizda mavjud bo'lgan arxivdan hostingni tiklab olmoqchi bo'lsangiz, bizga o'sha arxivni taqdim qilib, tiklab olishingiz mumkin bo'ladi.
- Backup olingan sana tanlaysiz va
- Yuklab olish uchun "Download" tugmasini bosasiz.
Partial Backups (Qisman arxivlash)
Loyihamiz ko'p tarmoqli va ko'p texnologiyali bo'lmagan payt bizga to'liq backup zarur bo'lmaydi. Bunda biz akkaunt papkasi fayllarini, yoki ma'lumotlar bazasining o'zini, yoki pochta sozlamalarining o'zini saqlab olishimiz va keyinchalik shu qismning o'zidan tiklab olishimiz mumkin bo'ladi.