Domains (Domenlar) Interfeysi
cPanel’da domenlar, addon domenlar, parked domenlar va subdomenlarni boshqarishni o‘rganib oling
Bu interfeys nima uchun mo‘ljallangan?
"Domains" interfeysi orqali siz:
- Parked (alias) yoki addon domen qo‘shishib olishingiz;
- Mavjud domenlar uchun subdomen yaratishingiz;
- Qo‘shilgan domen yoki subdomenlar uchun ularning root papkalarini o‘zgartirishingiz;
- Yaratilgan domen yoki subdomenlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Shuningdek, interfeys ko'plab foydali havolalarni ham o'z ichiga oladi, masalan:
- Domenning root papkasini ochib olish;
- Zone Editor orqali DNS zonalarini boshqarish;
- Email hisoblarini yaratish;
- Redirects(domen yo'naltirilishlari)ni boshqarish;
- Site Publisher yordamida odatiy sahifalarni tez yaratib olish interfeysini o'chish kabi havolalar.
Interfeys nimalar uchun mo'ljallanmagan
- Domen balansini to‘ldirish;
- Faol bo‘lmagan domenni faollashtirish;
- Domen muddatini yangilash
Bu amallar faqat sizning hosting provayderingizdagi shaxsiy kabinetingizdan amalga oshiriladi (masalan, hostmaster.uz).
Interfeysning Umumiy Ko‘rinishi
Interfeys-da uch asosiy elementni ko'rish mumkin:
- Search – Domenni tez topib olish uchun uskuna;
- Create A New Domain – Yangi domen yoki subdomen qo‘shib olish tugmasi;
- Domenlar jadvali – Mavjud domenlarni ko‘rish va boshqarish jadvali.
Domenlar jadvali quyidagi ustunlarni o‘z ichiga oladi:
| Ustun | Tavsif |
|---|---|
| Domain | Domen nomalari ko'rsatiladigan ustun bo'lib, domenlar o'zlari uchun havola ham hisoblanadi. Shuningdek, Main Domain yorlig'i ro'yxatda asosiy domen qaysi biri ekanini ko'rsatib turadi. |
| Document Root | Domenning sayt/loyiha papkasi/katalogi qaysi ekanini ko'rsatib turuvchi ustun. Ushbu manzillar o'zlari uchun havola ham bo'lib, ularning ustida bosish orqali File Managerdan ayni kataloglar alohida sahifada ochiladi. |
| Redirects To | Agar domen boshqa biror URL manziliga yo‘naltirilgan bo‘lsa, mana shu URL-ni ko'rsatadi. “Not Redirected” – alohida URL-ga yo'naltirish mavjud emasligini anglatadi. |
| Force HTTPS Redirect | Ustun domen uchun HTTP-dan HTTPS-ga majburiy yo‘naltirish yoqilgan yoki o‘chirilgan ekanligini ko‘rsatadi. |
| Actions | Domenni boshqarish tugmalari berilgan ustun. Masalan, Manage(Boshqarish), Create Email(Elektron pochta yaratish). |
Addon, Parked (Alias) Domenlar va Subdomenlar
- Addon Domen — Alohida mustaqil domen bo'lib, o'zining shaxsiy sayt papkasi/loyihasiga ega bo'ladi (masalan,
chicken.uzvaplov.uz, alohida sayt papkalari va sayt loyihalari bilan). - Parked (Alias) Domen — Asosiy domen bilan bir xil sayt ochilishi zarur bo'lsa, siz aynan shu tipdagi domen sifatida qo'shasiz (masalan,
tovuq.uzdomenichicken.uzsaytida nima bo'lsa, shuni ochishi kerak bo'lsa). - Subdomen — Asosiy domen oldiga qo'shiladigan prefiks orqali alohida domen - subdomen yaratish mumkin. Masalan,
order.chicken.uz.
Addon Domen qanday qo'shiladi?
1. "Domains" interfeysini oching va "Create A New Domain" tugmasini bosing
2. Formani to‘ldiring
- Yangi domen nomini kiriting;
- “Share document root (/home/your_username/public_html) with ‘asosiy_domeningiz’” tanlanmasini o‘chirgan holatda belgilab qo'yasiz, shunda domen o‘z papkasi bilan yaratiladi;
- Yangi sayt uchun papka nomini belgilang;
- cPanel o'zidagi ichki jarayonlar uchun subdomen yaratadi — uni e'tiborga olmasangiz ham bo'ladi;
- So'ngida Submit tugmasini bosing.
Agar xatolik yuz bersa, support akkauntimizgaga murojaat qilishingiz mumkin.
3. O‘zgarishlarni ko‘rib chiqing
Bunda interfeysda 2 o'zgarish yuz berganini guvohi bo'lasiz:
- Domenlar ro‘yxatida yangi addon domen qo'shilgan bo'ladi;
- Ichki avtomatik yaratilgan subdomenlarni ko‘rsatish yoki yashirish uchun toggle tugmasi.
Parked (Alias) Domen qo‘shish
1. "Create A New Domain" tugmasini bosing
2. Formani to‘ldiring
- Qo‘shmoqchi bo‘lgan domeningiz nomini kiriting;
- Katakchani belgilangan holda qoldiring (asosiy domen bilan bir xil root papkasiga ega bo'lgan holda undagi saytni ochishi uchun);
- Submit tugmasini bosing.
Agar xatolik yuz bersa, support akkauntimizga murojaat qilishingiz mumkin.
3. Natijani ko‘ring
Subdomen qo‘shish
1. "Create A New Domain" tugmasini bosing
2. Formani to‘ldiring
- Subdomenni to'liq(FQDN) holatda kiriting (masalan,
api.example.org). - Aliasing yoki standalone (addon) domen sifatida tanlash uchun katakchani yoniq, yoki o'chirilgan holatda qoldiring;
- Loyihaning papkasini kiriting;
- Yaratish uchun Submit tugmasini bosing.
Domenning Root Papkasini(Loyiha papkasini, yohud sayt papkasini) o‘zgartirish
1. Tahrirlash uchun kerakli domen qatoridagi "Manage" tugmasini bosing
2. Papka nomini o‘zgartiring
Papka nomini yangilagach "Update" tugmasini bosing.
3. O‘zgarishni tekshirib oling
Eslatma: Papkani o‘zgartirish avvalgi papkani yoki uning fayllarini o‘chir yubormaydi. Domen shunchaki boshqa katalogga yo‘naltiriladi xolos.
Domenni o‘chirish
1. O‘chirish uchun domen qatoridagi "Manage" tugmasini bosing
2. "Remove Domain" tugmasini bosing
3. Domen chindan o'chirilganini tekshirib oling
Eslatma: Domenni o‘chirish uning loyiha papkasini yoki ichki fayllarini o‘chirmaydi. Faqat domen va uning DNS yozuvlari o‘chiriladi.