"Web Disk" insterfeysi

cPanel-da hosting foydalanuvchi papkasiga "web disk" texnologiyasi orqali ulanish

cPanel v136.0.28

"Web Disk" o'zi nima?

Ushbu texnologiya sizga cPanel-ning hosting foydalanuvchisi papkasi, yoki biror boshqa aniq tasdiqlangan papkasiga xuddi local shaxsiy kompyuteringiz diski(disk partition - disk qismi) sifatida qo'shib olish imkoniyatini beradi.

Web Disk HTTP yoki HTTPS orqali, login-parol bilan autentifikatsiya va shu orqali (agar HTTPS bo'lsa) shifrlangan xavfsiz ma'lumot almashinuvini amalga oshiradi. Ushbu ma'lumot almashinuvi HTTP bo'lganda 2077, HTTPS bo'lganda 2078 portini ishlatadi.

Bu texnologiyani aniq nima ekanligini uni ishlatib ko'rib tushunib olasiz.

Biz o'z namunamizda Windows OS orqali bog'lanishni ko'rib chiqamiz

Asosiy Web Disk akkaunti

Hosting yaratilishida foydalanuvchi papkasining o'ziga (to'liq fayl strukturaga) sozlangan asosiy web disk akkaunti yaratiladi. Biz birinchi o'rinda mana shu akkaunt orqali bog'lanishni ko'rib chiqamiz.

Web Disk akkauntini faollashtirish

Boshlang'ich holatda bu akkaunt nofaol holatda bo'ladi.

Faollashtirish uchun "Enable Digest Authentication" havolasini bosing:

Tasdiqlang:

Konfiguratsiya faylini yuklab oling

Interfeysdan asosiy akkaunt uchun berilgan "Configure Client Access" havolasini bosing:

Bu bizga konfiguratsiya faylini OS ga mos holda yuklab olish sahifasini ochib beradi. Bu sahifada biroz yuqoriroqda, sahifaning o'zi sizning operatsion tizimingizni aniqlab, unga mos konfiguratsiyani chiqarish havolasini taqdim qiladi:

  1. Taqdim qilingan havolani bosamiz
  2. So'ng ochilgan bog'lanish ma'lumotlari ichida berilgan konfiguratsiya skriptini yuklab olish tugmasini bosami.
Konfiguratsiya faylidan muhim havola manzilini nusxalab olish

Ayni shu yerga kelib, "nega biz taqdim qilingan script-ni shunchaki ishga tushirib qo'ya qolmaymiz", - degan savol tug'ilishi mumkin. script ishga tushiriladigan bo'lsa, uni 'File Explorer'-dan alohida o'zining manzili bilan ochish kerak bo'ladi. Bu esa noqulaylik tug'diradi. Biz esa uni alohida disk kabi qo'shib olishni ko'rib chiqamiz.

Yuklangan script-ni biror matn muharriri bilan ochib olamiz:

So'ng faylda berilgan URL manzilini o'zimizda saqlab olamiz:

Hosting papkasiga alohida disk sifatida bog'lanish

"File Explorer"dan "This PC", yohud ruschada "Этот Компьютер" deb beriladigan qismdan kontekst menyu(sichqoncha o'ng tugma)si orqali masofaviy papkani alohida drive sifatida qo'shib olish opsiyasini qidirib topamiz:

Ochilgan oynada:

  1. "Drive" qismiga biror bo'sh harf belgisini tanlab olamiz;
  2. Folder qismiga esa biz script fayldan saqlab olga URL manzilini kiritamiz;
  3. So'ng bog'lanishni boshlash uchun "Finish" tugamasini bosamiz.

Bizdan bog'lanish uchun login(username) va parol talab qilinadi. Ular uchun siz cPanel-ga kirishingizdagi login-parolni kiritasiz:

Shu tariqa sizning kompyuteringizda masofaviy hosting serverdagi papkangiz uchun alohida disk drive paydo bo'ladi:

Hosting papkasiga bog'lanishni uzish

Shu o'rinda, bu disk drive bog'lanishini uzishni ham ko'rib o'tamiz.

Buning uchun yangi paydo bo'lgan disk drive ustida kontekst menyuni chiqarib, u yerdagi "Disconnect", yani aloqani uzish tugmasini bosish kifoyda qiladi:

Disk sifatida kompyuteringizga bog'lab olgach, bemalol, xuddi local loyiha kabi serverdagi loyiha fayllari ustida kerakli o'zgarishlarni amalga oshiraverasiz:

Alohida Web Disk akkauntini yaratish

Agar loyihangiz yirikroq bo'lib, uning qismlarini tegishli dasturchilaringizga ajratib bermoqchi bo'lsangiz, ma'lum papka qamroviga moslangan cheklovli Web Disk akkauntini yaratib olishingiz mumkin:

  1. Web Disk akkaunt uchun username tanlab olamiz;
  2. Web Disk-ga kirish uchun domen nomi;
  3. Akkaunt uchun parol (asosiy web disk akkauntidan farqli ravishda, alohida akkauntlar uchun o'z parollari sozlanadi);
  4. Parolni tasdiqlash uchun qayta kiritasiz;
  5. Web Disk ruxsati beriladigan papka manzili. Bu yerda bank.scroll.uz berilgan, demak, /home/scroll/bank.scroll.uz papkasi uchun ruxsat berilayotgan bo'lib chiqadi;
  6. Faqat o'qish(Read-Only) yoki Ham o'qish, ham yozish uchun(Read-Write) ruxsatni belgilaysiz;
  7. Funksionalni bira-to'la faollashtirib qo'yamiz;
  8. "Create", ya'ni yaratish tugmasini bosamiz.

Pastki qismda alohida web disk akkauntlari o'z boshqaruv amallari bilan taqdim qilinadi.


Bu web disk-ga bog'lanib olish ham yuqoridagi kabi amalga oshadi. Yagona farq parolning alohida sozlanishida. Shuningdek, aytib o'tganimizdek, ruxsat ko'rsatilgan papka miqyosida chegaralanadi.