cPanel-ning "Email Accounts" interfeysi

Domeningiz uchun elektron pochtalarni yaratib olish va boshqarish interfeysi

cPanel v134.0.20

Interfeys elementlari

1. Email akkauntlar kvota statusi

Bu qismda ikki narsa:

  • Elekrtron pochtalar soni uchun umumiy cheklov va
  • Siz yaratib olgan barcha elektron pochtalar soni ko'rsatiladi

2. Yangi pochta yaratish tugmasi

Ko'rsatilgan qismda yangi elektron pochta yaratib olish uchun tugmani ko'rishing mumkin.

3. Pochta akkauntlar jadvali

Pastki qismda barcha pochtalaringiz jadvali berilgan bo'ladi.

  • Account/Domain - Pochta akkaunti nomi
  • Restritions - Pochta uchun qo'yilgan cheklovlar
  • Storage Used/Allocated/% - pochta uchun ishlatilayotgan, ajratilgan disk hajmini, shuningdek, nisbatan ishlatilgan qismi foizini ko'rsatib turuvchi ustun

4. Pochta boshqaruv tugmalari

  1. Check Email - Elekrton pochta (webmail) boshqaruvi va pochta qutisini ochish uchun tugma
  2. Manage - elektron pochtaning parolini o'zgartirish, disk hajmini belgilash, cheklovlar qo'yish, o'chirish kabi ko'plab boshqaruv elementlari berilgan sahifani ochish
  3. Connect devices - Smartfon yoki kompyuterlarimizdagi mail client ilovalarga pochta akkauntini ulash

Yangi elektron pochta yaratish

Yangi pochta akkauntini yaratish sahifasini ochish uchun "+ Create" tugmasini bosing
Ochilgan sahifada pochta yaratish formasini to'ldiring
  1. Yangi pochta uchun domen va username(nom) kiriting
  2. Pochta uchun parolni sozlang
  3. Qo'shimcha sozlamalardan: pochta disk hajmini belgilang
  4. Qo'shimcha sozlamalardan: + belgisi orqali ishlatiladigan email variatsiyalari (misol uchun, sizda admin@scroll.uz pochtasi bo'lsa, siz admin+tech@scroll.uz, admin+billing@scroll.uz kabi pochtalarni ham ishlatishingiz mumkin bo'ladi) uchun avtomatik, alohida papkalar yaratilishini yoki umumiy pochta papkasida joylashishini belgilash
Kerakli opsiyalar belgilangach, "Create" tugmasini bosish yangi, foydalanishga tayyor pochtani yaratadi

Elektron pochta qutisini ochish

Webmail-ni cPanel orqali ochish

Yuqorida biz ko'rgan jadvaldagi, pochtalar uchun berilgan "Check Email" tugmasini bosamiz
Ochilgan sahifada "Open" tugmasini bosing

cPanel-da pochta qutilari Roundcube orqali boshqariladi

Ochilgan sahifada pochta xabarlarini boshqarish interfeysi paydo bo'ladi

Webmail-ni alohida ajratilgan domen orqali ochish

Sizda murakkabroq tashkilot tuzilmasi uchun ko'plab elektron pochtalar mavjud bo'lib, cPanel boshqaruv paneliga har bir pochta egasini kirish imkoniyati mavjud bo'lmasligi kerak. Xo'sh, bunda qanday yo'l tutamiz?

Maxsus domen bilan login sahifasini ochamiz

Pochta qutisini ochib olish uchun ushbu domendan foydalanishingiz mumkin bo'ladi: webmail.sizningdomeningiz.uz. Masalan, bizning holatda, asosiy domen - scroll.uz, shuning uchun webmail.scroll.uz-ni ochamiz:

Agar webmail.sizningdomeningiz.uz domeni hech narsani ochmasa, sizning domen uchun alohida webmail subdomeni sozlanishida biror muammo yuz bergan bo'ladi. Bunda siz sahifani ochib olish uchun, hosting-ga kirishda ishlatadigan domen manzil oxirida :2096 portni ko'rsatgan holda ochib olishingiz mumkin. Masalan, hosting1.hostmaster.uz:2096

  1. Email address qismiga yaratilgan pochta manzili to'liq kiritiladi
  2. Password qismiga esa, mana shu pochta uchun sozlangan parolni kiritasiz
Ochilgan sahifada "Open" tugmasini bosing
Ochilgan sahifada pochta xabarlarini boshqarish interfeysi paydo bo'ladi

Elektron pochtaning asosiy boshqaruv elementlari

Sozlanishi kerak bo'lgan elektron pochta uchun boshqaruv oynasini ochib olamiz:

1. Elektron pochta akkaunti uchun parolni yangilash

Elektron pochta uchun parol esingizdan chiqqan bo'lsa, yoki boshqa biror sabablarga ko'ra u uchun parolni yangilamoqchi bo'lsangiz, yuqorida ko'rsatilgan 1-qismdagi formaga yangi parolni kiritasiz va pastdagi "Update Email Settings" tugmasini bosasiz.

2. Elektron pochta akkaunti uchun disk hajmini o'zgartirish

Barcha elektron pochta akkauntlari uchun disk hajmidan foydalanishga cheklovlar sozlanadi. Agar biror sababga ko'ra siz bu hajmni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi ko'rsatilgan rasmdan 2-qismda berilgan forma qismiga kerakli hajmni kiritasiz va pastdagi "Update Email Settings" tugmasini bosasiz.

3. Elektron pochta uchun maxsus cheklovlarni sozlash

Yuqoridagi rasmdan quyidagi cheklovlarni sozlashni ko'rib chiqamiz:

  1. Receiving Incoming Email Elektron pochta uchun xabarlarni xabul qilishga ruxsat berish, yoki ruxsatni olish
  2. Sending Outgoing Email Elektron pochta o'zidan xabarlarni jo'nata olishi uchun ruxsat berish, yoki ruxsatni olish
  3. Logging In Elektron pochtaga kirishni cheklash, yoki ruxsat berish

    Nazariy jihatdan olib qaraganda, pochtaga kirishni bunday cheklash uning pochta xabarlarini qabul qilishini cheklamaydi

  • Allow - Ruxsat berish
  • Suspend - Cheklash
  • Hold - ushlab turish. Bunda jo'natiladigan xabarlar vaqtincha queue-da ushlab turiladi. Ruxsat "Allow"ga o'tkazilgach queue-da saqlab turilgan xabarlar jo'natilishni boshlaydi.

4. Qo'shimcha pochta variatsiyalari (+ orqali) uchun xabarlarni alohida papkalarda saqlanishi

  • Automatically create folders — pochtaning + belgisi bilan variatsiyasiga jo'natilgan xabarlarni ularga alohida papka ochgan holda saqlash;
  • Do Not Automatically Create Folders — pochta va uning variatsiyalari uchun jo'natilgan xabarlarni umumiy pochta papkasida saqlash.

5. Elektron pochtani o'chirish

Elektron pochtani o'chirib yuborish uchun yuqoridagi rasmdan 5-qismda ko'rsatilgan tugmani bosing.

Bunda pochtaning barcha ma'lumotlari, xabarlar butunlayga o'chiriladi.

6. Qo'shimcha foydali havolalar

Yuqoridagi rasmdan, 6-qismda, foydali deb topilgan havolalar berilgan. Ularga to'xtalib o'tirmaymiz, sababi, ular alohida interfeys sahifalari bo'lib, boshqa maqolalarda batafsil o'rganiladi.

Elektron pochtani smartfon/kompyuterdagi email client dasturiga ulash

Ushbu amaliyotni faqat Windows 11 OS va undagi Outlook tizimiga, yaratilgan elektron pochtani ulash bilan ko'rib chiqamiz. Ammo har bir tizim va dastur uchun turlicha protsedura qo'llanishi mumkin.

Elektron pochta akkauntini Windows 11 OS, Outlook tizimiga ulash

Kerakli elektron pochta akkaunti uchun "Connect Device"(Qurilmani ulash) tugmasini bosamiz
Biz uchun kerakli bo'lim - Microsoft Outlook 2010® for Windows® uchun bog'lanish qo'llanmani ko'rib chiqamiz

Ushbu qismda turli tizim va ilovalar uchun turli script, yoki bog'lanish bo'yicha kichik qo'llanmalar berilgan. Siz o'zingizdagi tizim va ilovaga ko'ra, ulardan keraklisini tanlagan holda ishni davom ettirishingiz kerak bo'ladi.

Outlook uchun qo'llanmada Outlook elektron pochtani avtomatik aniqlay olishi va bunda avval elektron pochta nomi hamda uning paroli ko'rsatilishi yetarli bo'lishi aytilgan.

Outlook dasturida yangi akkaunt qo'shishni bosamiz
Elektron pochta manzilini kiritamiz
Pochta uchun sozlangan parolni kiritamiz

Bu cPanel uchun parol emas, balki siz, qo'shayotgan elektron pochta manzilingiz uchun maxsus sozlagan parol

Har ehtimoslga qarshi "Show more" qismini aktivlashtirib, server manzili, IMAP va SMTP uchun port raqamlari to'g'ri berilganini tekshirib qo'yish maqsadga muvofiq.

Shu tariqa elektron pochta manzili Outlook tizimiga qo'shiladi