Sitejet Builder interfeysi

cPanel`ning Sitejet Builder interfeysi bilan, kod yozmasdan, ko'p sahifali sayt yaratib olish imkoniyati

Agar sizga avvalgi maqoladagi "Site Publisher" kabi oddiy bir sahifa emas, balki bir nechta sahifalardan iborat, qulay boshqaruv interfeysiga ega, kod yozmasdan kompaniya yoki shaxsiy brendingiz uchun sayt yaratish imkonini beruvchi vosita kerak bo‘lsa — bunda sizga cPanel`dagi "Sitejet Builder" interfeysi yordam beradi!

Sitejet Builder bilan sayt yaratib olish

Sitejet Builder interfeysida sayt o'rnatilishi kerak bo'lgan domenni tanlang

Bu yerda biz loyiha uchun alohida subdomen yaratib olamiz: sitejet-builder.scroll.uz:
Istasangiz asosiy domeningizni belgilab jarayonni davom ettirasiz.

Avval "Create a New Website" tugmasini bosamiz

So'ng, subdomenimizni kiritib, domen qo'shilishi va unda sitejet sayt yaratuvchisi ishga tushishi buyrug'ini beramiz:

Bizga Sitejet Builder`ning tayyor template(shablon)`lari tanlash uchun taqdim qilinadi

Shablonlardan o'zingizga maqul kelganini tanlab olasiz, va davom etamiz:

Shundan so'ng tanlangan shablon bo'yicha sahifani tahrirlab olish uchun Sitejet Builder boshqaruv oynasi ochiladi

Sitejet builder qanday ishlashi to'g'risida ushbu havola orqali rasmiy manbaadan ko'rib o'rganishingiz mumkin.

Kerakli o'zgarishlarni qilib olgach, saytingizni chop etish uchun yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan "Publish" tugmasini bosasiz.

Shu tariqa saytingiz tayyor bo'ladi

Keyinchalik, istalgan payt Sitejet Builder interfeysidan saytingizni qayta tahrirlash uchun ochib, istalgan o'zgarishlarni qilib olishingiz mumkin bo'ladi: