cPanel`ning "Email" bo'limi

Bo'lim nima uchun mo'ljallangan va qanday interfeyslarni o'z ichiga oladi

cPanel v134.0.20

Email bo'limi domeningizga tegishli elektron pochta xizmatlarini to'liq boshqarish imkonini beradi. Bu yerda siz yangi hisoblar yaratishingiz, xabarlarni yo'naltirishingiz, xavfsizlikni sozlashingiz va kalendar hamda kontaktlarni boshqarishingiz mumkin. Ushbu bo'lim biznes va shaxsiy muloqot uchun ishonchli elektron pochta tizimini yuritishda muhim rol o'ynaydi.

Bo'lim interfeyslari va imkoniyatlari

  • Email Accounts
    Domeningiz uchun yangi email pochtalarini yaratib olish va boshqarish uchun interfeys.
    Unda kvotalar, parollar va kirish huquqlarini sozlash imkoniyatlari mavjud.
  • Forwarders
    Bir manzildan kelgan xabarlarni avtomatik ravishda boshqa manzilga yo'naltirish uchun interfeys.
    Bir nechta pochta manzillarini birlashtirishda foydali hisoblanadi.
  • Email Routing Xabarlar qayerda qabul qilinishini boshqarish — lokal serverda yoki masofaviy serverda.
  • Autoresponders
    Avtomatik javob xabarlarini sozlash, masalan, ta'til xabarnomalari yoki tasdiqlash xatlari.
  • Default Address
    Domeningizdagi noto'g'ri yoki mavjud bo'lmagan manzillarga yuborilgan xabarlarni qabul qiluvchi “catch-all” pochta qutisini yaratish.
  • Mailing Lists
    Bir guruh manzillarga bir vaqtning o'zida xabar yuborish uchun ro'yxatlar shakllantirish interfeysi.
  • Track Delivery
    Yuborilgan va qabul qilingan xabarlarning holatini kuzatish, yetkazilgan yoki xato bo'lganini ko'rish.
  • Global Email Filters
    Domen bo'yicha barcha hisoblar uchun umumiy filtrlash qoidalarini qo'llash.
  • Email Filters
    Har bir hisob uchun alohida kiruvchi xabarlarni boshqarish qoidalarini yaratish.
  • Email Deliverability
    SPF, DKIM, DMARC kabi autentifikatsiya sozlamalarini tekshirish va yaxshilash, spam muammolarini kamaytirish uchun ixtisoslashgan interfeys.
  • Address Importer
    CSV yoki Excel fayllari orqali ko'plab email hisoblari yoki yo'naltiruvchilarni bir vaqtning o'zida import qilish.
  • Spam Filters
    Spam aniqlash darajalarini sozlash, bloklangan yoki ruxsat berilgan jo'natuvchilarni boshqarish.
  • Encryption
    Elektron pochta xabarlarini shifrlash uchun GnuPG kalitlari kabi vositalardan foydalanish.
  • BoxTrapper
    Spamni kamaytirish uchun jo'natuvchilardan tasdiq talab qiluvchi challenge-response tizimini yoqish.
  • Calendars and Contacts Configuration
    Kalendar va kontaktlarni mos keluvchi mijoz dasturlari bilan sinxronlashtirish.
  • Calendars and Contacts Sharing
    Kalendar va kontaktlarni foydalanuvchilar o'rtasida ulashish.
  • Calendars and Contacts Management
    cPanel orqali saqlangan kalendar va kontaktlarni boshqarish.
  • Email Disk Usage
    Email hisoblarida ishlatilayotgan disk hajmini ko'rish va katta yoki eski xabarlarni o'chirish.

Agar siz, turli nyuanslarga qaramay, cPanel hosting boshqaruv tizimi orqali domeningiz uchun pochtalar yaratish va ularni boshqarish bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, unda ushbu bo'lim maqolalari — bo'lim interfeyslari bilan yaqindan tanishib chiqing. Bu sizga mukammal va optimal ish yurituvchi korporativ pochta tizimini yaratib olishga yordam beradi.