"Default Address" interfeysi

Noto'g'ri pochta manzilingizga jo'natiladigan xabarlarni boshqarish

cPanel v136.0.31

"Default Address", ya'ni birlamchi manzil bu judda oddiy interfeys va bajaradigan funksiyasi ham oddiy.

Masalan, biz scroll.uz domeni uchun info@scroll.uz, admin@scroll.uz kabi pochtalar ochib olgan bo'lishimiz mumkin. Lekin, aytaylik sizning mijozingiz adashib support@scroll.uz manziliga (balki, eski pochta manzilingiz bo'lishi mumkin) xabar jo'natdi. Bunday vaziyatda qabul qilinadigan xabar bilan nima jarayon yuz berishi kerakligini siz ayni shu interfeys orqali boshqarasiz.

Interfeys taqdim qiladigan opsiyalar bilan tanishib chiqamiz:

  1. Birinchi o'rinda ushbu funksional uchun amal qiladigan domenimizni tanlab olamiz;
  2. Shunchaki jo'natuvchi uchun xatolik xabarini jo'natish. Bunda xabar qabul qilinmaydi va jo'natuvchiga, masalan, noto'g'ri manzilga adashib xabar jo'natgani va rasmiy manzil "bunday" ma'nosida xabar avtomatik jo'natilishini sozlash mumkin;
  3. Pochta manziliga yo'naltirish. Bu opsiya aynan biz aytib o'tgan va ko'p foydalaniladigan usul hisoblanadi. Har qanday xabar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunda siz har qanday muammoli domen pochta manziliga jo'natiladigan xabarlarni maxsus yaratiladigan pochta manzilingizga kelib tushadigan qilib sozlab olsangiz bo'ladi;
  4. Tizim akkaunti "scroll" ga jo'natish. Xato manzil bilan jo'natilgan xabarlarni maxsus domen tizim pochtasiga jo'natishni sozlash;
  5. Dasturga yo'naltirib sozlash. Bunda biz maxsus scrypt kod yozishimiz va xato manzilga jo'natilgan xabarlarni aynan shunday scrypt kod bilan boshqarish va qayta ishlashni sozlab olishimiz mumkin;
  6. Bekor qilish. Qabul qilishni butunlay inkor qilish amali. Xabarlar qabul qilinmaydi va jo'natuvchi ham xato xabar jo'natilganidan boxabar bo'lmaydi. Xabar shunchaki jo'natuvchi ham, qabul qiluvchi ham xabarisiz yo'q qilinadi.

Tizimni o'zingizga maqul holat uchun belgilab, "Change" tugmasini bosasiz. Shu bilan berilgan ko'rsatma bo'yicha yo'naltirish sozlanadi.