Redirects interfeysi domen yo‘naltirishlarini yaratish va boshqarish uchun mo‘ljallangan cPanel interfeysi hisoblanadi.
Bu yerda siz o‘z domenlaringizni yoki ularning ma'lum davomy manzillarini istalgan boshqa URL manzilga yo‘naltirishingiz mumkin.
Bu interfeys Domains interfeysidan farqli ravishda uni qo'shib olish uchun alohida sahifaga ega emas. Yo'naltirish yaratib olish formasi va mavjud yo‘naltirishlar jadvalini shu sahifaning o'zidan topasiz:
301 va 302 Yo‘naltirishlari
Yo‘naltirishlarning ikki turi mavjud: Permanent (301) - doimiy va Temporary (302) - vaqtinchalik.
- Permanent (301) — saytni butunlay yangi domenga ko‘chirish uchun ishlatiladi. Qidiruv tizimlari(Google, Yandex, ...) bu o‘zgarishni eslab qoladi va o'zida yangilaydi;
- Temporary (302) — vaqtinchalik yo‘naltirish uchun ishlatiladi. Qidiruv tizimlari bunday o‘zgarishni doimiy deb hisoblamaydi va o'zida sat uchun ma'umotlarni yangilamaydi. Undan sayt vaqtincha xizmat faoliyatida bo'lmasa, eski versiyasidan ishlab turishi, yoki ayrim testlash amallarida foydalanish mumkin.
Domen yo‘naltirishini (Redirect) yaratish
- Yo‘naltirish turini tanlang (301 yoki 302);
- Yo'naltirish belgilanayotgan domenni tanglang. All Public Domains opsiyasini tanlanganda, barcha domenlarga yo‘naltirish qo‘llanadi;
/maydonida, agar siz domen(sayt)ning ma'lum havolasini boshqa manzilga yo'naltirmoqchi bo'lsangiz to'ldiring, yo'qsa bo'sh qoldirasiz. Masalan,example.com/market/shopdanshop.example.comga yo‘naltirish uchunmarket/shopdeb kiritishingiz lozim bo'ladi;- Redirects to maydoniga yo'naltiriladigan URL manzilni to'liq holatda (http, https, ftp kabi protokollari bilan birgalikda) kiriting (Masalan:
https://shop.example.com); - Quyidagi variantlardan birini tanlang:
- Only redirect with www. — faqat
www.bilan bo‘lgan URL’lar uchun yo‘naltirish amal qilsin (faqatwww.example.com/...yo'naltirsin); - Redirect with or without www. —
example.com/...vawww.example.com/..., ya'ni www va usiz holatlarning ikkisida ham yo‘naltirsin; - Do Not Redirect www. — faqat
example.com/...yo‘naltirsin,www.versiyasi emas;
- Only redirect with www. — faqat
- Wild Card Redirect funksiyasini yoqish yoki o‘chirishni tanlang:
- O‘chiq holatda bo‘lsa — aniq manzil yozilsa va uchun alohida redirect yo'q bo'lsa, yo'naltirmaydi;
- Yoqilgan holatda bo‘lsa — barcha ichki papkalar va fayllar, ichki manzillar ham yo‘naltiriladi. Masalan,
example.com-dansample.com-ga yo'naltirish Wild Card Redirect yoqilgan holatda sozlansa,example.com/file.jpgmanzili ham →sample.com/file.jpg-ga yo'naltira boshlaydi.
- Hammasini to‘ldirgandan so‘ng Add tugmasini bosing.
Yuqoridagi misolda, biror foydalanuvchingiz scroll.uz/search-engine/google manzilini brauzerga yozib qidirganda, u google.com sahifasiga yo‘naltiriladi.
Mavjud yaratilgan yo‘naltirishlar jadvali
Bu jadvalda barcha yaratilgan yo‘naltirishlar ro'yxati ko‘rsatiladi:
a1.scroll.uzsubdomenidagi barcha havolalarnia2.scroll.uzga to‘liq yo‘naltirish;- Yuqoridagi yo'naltirishni qo'shish misoldagi yo‘naltirish holati.
| Ustun nomi | Tavsif |
|---|---|
| Domain | Yo‘naltirish qo‘llanilgan domen nomi |
| Directory | Yo‘naltirilayotgan aniq manzil |
| Regular Expression | Murakkabroq tuzilma asosidagi yo‘naltirishlar uchun ishlatiladi. |
| Redirect URL | Yo‘naltiriladigan manzil. |
| HTTP Status Code | Yo‘naltirish doimiymi (301) yoki vaqtinchalikmi (302), shuni ko‘rsatadi. |
| Type | Yo‘naltirish turi haqida ma’lumot beradi. |
| Match www. | www. versiyasiga taalluqliligini bildiradi. Belgilangan bo‘lsa — demak www bilan aloqador. |
| Wildcard | Wild Card Redirect yoqilganini bildiradi. |
| Actions | Yo‘naltirishni boshqarish uchun amallar, masalan Delete yo'naltirishni o'chirish uchun. |
Mavjud yo‘naltirishni tahrirlash mumkinmi?
Javob: Yo‘q. Avval uni o‘chirib, so'ng yangisini qaytadan yaratish olish kerak bo'ladi.
Uchinchi tomon ilovalari orqali yo‘naltirishlar
cPanel orqali yo‘naltirish qo‘shilganida, tizim .htaccess faylining oxiriga qoida qo'shib yozib qo'yadi. Ba’zi uchinchi tomon ilovalari faqat o‘z bo‘limidagi qoidalarni o‘qiydi, shuning uchun sizning yo‘naltirishlaringiz ishlamasligi mumkin.
Masalan, WordPress yoki boshqa CMS orqali yo‘naltirish qo‘shsangiz, u to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Bunday holatda, yo‘naltirishlarni qo‘lda sozlashingiz tavsiya etiladi.