"Global Email Filters" interfeysi

Har qanday domeningiz va uning pochtalariga keluvchi xabarlar uchun global filter yaratish imkoniyati

cPanel v136.0.32

Global filter sizda qancha domen va ular uchun qancha pochta ochilganidan qat'iy nazar, butunlay barcha pochtalaringiz uchun amal qiladigan filter hisoblanadi. Individual filterlar yaratib olish uchun cPanel-ning "Email Filters" interfeysidan foydalanishingiz lozim.

Interfeys juda sodda ko'rinishga ega bo'lib, global filter yaratish uchun tugma va filterlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.

Global filter yaratish

Namuna sifatida, agar keladigan xabar sarlavhasida "Top secret" matni, yoki xabar matnida "top secret" matni mavjud bo'ladigan vaziyat uchun ushbu xabarni sherali.hostmaster@gmail.com pochtasiga o'tkazib yuborishni ko'rib chiqamiz.

Global Email Filters interfeysidagi "Create a New Filter" tugmasini bosamiz
Yangi global filter uchun formani to'ldiramiz va yaratish uchun "Create" tugmasini bosamiz
  1. Filter uchun istalgan biror nom yozamiz;
  2. Shu o'rinda keyingi yana ikki qism mavjud: Rules va Actions. Rules bu keladigan xabarlar uchun ma'lum qoidalar ro'yxati, Actions bu Rules ga to'g'ri keladigan holatda amalga oshiriladigan jarayonlar ro'yxati. Ushbu qismda Biz birinchi rule(qoida) uchun xabar qismini tanlaymiz. Tanlangan Subject bu xabarning sarlavha qismi hisoblanadi.
  3. Keyingi qismda contains tanlangan bo'lib, bu ko'rsatiladigan matn Subject ichida (xoh, boshi, xoh oxiri, xoh o'rtasida) kelgan bo'lsa, deb talqin qilinadi;
  4. Ushbu qismda matnning o'zi kiritiladi va shu bilan birinchi rule tugatiladi. Ya'ni, end Subject ichida "Top Secret" matni kelsa ishga tushishi kerak;
  5. Biz bu yerda bitta rule bilan cheklanmaymiz. Rule ning o'ng tomonida "+" tugmasi beriladi va u yangi rule qo'shishni anglatadi. Mana shu tugmani bir marta bosamiz;
  6. Yangi rule da "Body" xabar tana qismini tanlab olamiz;
  7. Tana qismi ichida ham matn istalgan qismda kelishi holatini - contains, tanlanadi;
  8. Qidiriladigan so'z uchun "top secret" yozib qo'yiladi (birinchi rule ga aloqador joyi yo'q, biz bir xil matn tanladik, siz esa ixtiyoringizdagi istalgan matnni ishlataverasiz);
  9. Actions qismi uchun esa faqat bir jarayon amalini sozlaymiz. Action turi uchun "Redirect to Email" tanlaymiz, ya'ni kelgan xabar tegishli rule larga mos tushsa keyingi o'rinda beriladigan pochtaga qayta yo'naltirib yuborish;
  10. Ushbu qismda yo'naltiriladigan pochta manzilini kiritib qo'yamiz.
Shu tariqa global filter yaratiladi

Ro'yxatda har bir global filter uchun uni tahrirlash(Edit) va o'chirish(Delete) uchun tugmalar beriladi.

Yaratilgan global filterni tekshirib olamiz

Buning uchun o'zimizdagi biror pochtadan info@scroll.uz pochtasiga xabarning Subject yoki Body qismida "top secret" matnini qo'shib xabar yuboramiz.

Xabar jo'natilgach biroz kutamiz va yo'naltirilishi kerak bo'lgan pochta qutisini tekshiramiz:

Ko'rib turganingizdek, filter aynan biz sozlagandek ishlab turibdi. info@scroll.uz ga esa bu xabar umuman yetib bormaydi.

Rule - qoidani sozlash

Rule turiTavsifi
FromXat yuboruvchisining (From) email manzilini tekshiradi.
SubjectXat mavzusini (Subject) tekshiradi.
ToXat qabul qiluvchisining (To) email manzilini tekshiradi.
Any RecipientXatning barcha qabul qiluvchilari (To, Cc va Bcc) orasida qidiradi.
ReplyXatdagi Reply-To manzilini tekshiradi.
BodyXatning asosiy matni (Body) ichida qidiradi.
Any HeaderXatning istalgan header (sarlavha) qismida qidiradi.
Has Not Been Previously DeliveredXat ilgari yetkazilmagan bo'lsa shart bajariladi. Odatda qayta ishlanish yoki qayta yo'naltirish sikllarining oldini olish uchun ishlatiladi.
Is an Error MessageXat avtomatik xatolik (bounce) xabari ekanligini tekshiradi.
List IDXat mailing list tomonidan yuborilganligini aniqlovchi List-ID headerini tekshiradi.
Spam StatusApache SpamAssassin™ xatni spam deb belgilagan yoki belgilanmaganligini tekshiradi. Barcha spam xatlarni filtrlash uchun begins with operatorini tanlab, qiymat sifatida Yes kiriting.
Spam BarApache SpamAssassin™ tomonidan berilgan spam darajasini + belgilarida tekshiradi. Masalan, +++++ spam bali 5.0 yoki undan yuqori, ++++ esa 4.0 yoki undan yuqori ekanligini bildiradi.
Spam ScoreApache SpamAssassin™ tomonidan berilgan spam ballini son sifatida tekshiradi. Bu maydon bilan is above, is below kabi sonli operatorlardan foydalanish mumkin.

Matnni qidirish turiTavsifi
containsQiymat ichida berilgan matn mavjudligini tekshiradi.
matches regexQiymatni muntazam ifoda (Regular Expression) bo'yicha tekshiradi.
does not containQiymat ichida berilgan matn mavjud emasligini tekshiradi.
equalsQiymat berilgan matnga aynan tengligini tekshiradi.
begins withQiymat berilgan matn bilan boshlanishini tekshiradi.
ends withQiymat berilgan matn bilan tugashini tekshiradi.
does not beginQiymat berilgan matn bilan boshlanmasligini tekshiradi.
does not endQiymat berilgan matn bilan tugamasligini tekshiradi.
does not matchQiymat berilgan matnga aynan mos emasligini tekshiradi.
is above (numbers only)Qiymat berilgan sondan katta ekanligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi.
is not above (numbers only)Qiymat berilgan sondan katta emasligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi.
is below (numbers only)Qiymat berilgan sondan kichik ekanligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi.
is not below (numbers only)Qiymat berilgan sondan kichik emasligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi.

Action - amaliy jarayonni sozlash

ActionTavsifi
Discard MessageXatni butunlay o'chiradi. Xat qabul qilinmaydi va pochta qutisiga saqlanmaydi.
Redirect to EmailXatni ko'rsatilgan boshqa email manziliga avtomatik yo'naltiradi. Asl nusxasi qoidalarga qarab saqlanishi yoki saqlanmasligi mumkin.
Fail With MessageXatni rad etadi va yuboruvchiga siz belgilagan xatolik (bounce) xabarini qaytaradi.
Stop Processing RulesJoriy qoida bajarilgandan so'ng qolgan email filtrlari tekshirilishini to'xtatadi.
Deliver to FolderXatni ko'rsatilgan pochta papkasiga (masalan, INBOX yoki boshqa papka) yetkazadi.
Pipe to a ProgramXatni serverdagi dastur yoki skriptga uzatadi. Odatda avtomatik ishlov berish yoki maxsus integratsiyalar uchun ishlatiladi.