Texnik qo'llab-quvvatlash xizmati

Ushbu maqolada siz, Hostmaster texnik qo'llab-quvvatlash xizmati o'z ichiga nimalarni olishini bilib olasiz

Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga nimalar kiradi

Quyida har bir xizmat uchun texnik qo'llab-quvvatlash doirasini alohida ko'rib chiqamiz.

Domen xizmati bo'yicha qo'llab-quvvatlash

Domen bo'yicha sizda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar:

  • Domen/Sayt ishlamay qoldi, muammo sababi noma'lum
  • Domen DNS yozuvlarini qayerdan o'zgartirish/qo'shishni bila olmayapsiz
  • Subdomenni DNS orqali qanday qo'shishni bilmayapsiz
  • Elektron pochta uchun DNS-ni qanday sozlashga boshingiz qotgan. Yohud, DNS sozlangan, lekin pochtalar yuborilishi va qabul qilinishida muammolar bor
  • DNS yozuvini qo'shganingiz bilan, kutilgan o'zgarish sodir bo'lmayapti
  • Domen uchun NS yozuvini qayerdan sozlashni bilmayapsiz
  • Domenga buyurtma berish yoki, uning muddatini uzaytirish bo'yicha sizda muammo bor
  • va hokazo …

Domen o'zi nima ekanligi va vazifasi qisman hamma uchun tushunarli bo'lishiga qaramasdan, bu yo'nalishda mutaxasis bo'lmay turib,

  • DNS yozuvlari, ularning turlari va qanday qiymat kiritish kerakligi;
  • domen registratori nima-yu, authoritative DNS server(NS) nima;
  • domen/sayt ishlamay tursa qayerdan tekshirish kerag-u, kimga murojaat qilish kerak;

…, shu kabi savollarga javob topib olish o'ziga yarasha qiyinchilik tug'diradi va tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.

Siz shunchaki biznes egasi emas, balki loyihani ishlab chiqqan dasturchi bo'lsangiz ham, bu tushunchalar sizni qiynashi tabiiy hol.

Agar domen va DNS tizimini o'rganib chiqish niyyatida bo'lsangiz, Domenlar bo'limi orqali, tartib bilan qilingan mutolaa yordamida bu bo'yicha yetarlicha bilimga ega bo'lib olishingiz mumkin.

Lekin agar, sizdagi holat shoshilinch bo'lib, domen yoki DNS-dagi yuzaga kelgan muammoingizni tezkor hal qilib olish niyyatida bo'lsangiz, unda to'g'ridan-to'g'ri bizga murojaat qilavering. Texnik mutaxasislarimiz vaziyatni o'rganib chiqib, muqobil yechim beradilar.

Hosting xizmati bo'yicha qo'llab-quvvatlash

Hosting bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar/savollar:

  • Hosting uchun qanday boshqaruv paneli beriladi?
  • Hosting sotib olgan boshqaruv paneliga qanday kiriladi?
  • Menda "bunday" loyiha bor, uni sizdagi hosting qo'llab-quvvatlaydimi?
  • "Bu turdagi" loyihani qanday ishga tushirib olish kerak?
  • "Ehtiyotsizligim tufayli ma'lumotlarim o'chib ketdi", yohud "virus tushirib qo'ydim, avvalgi ma'lumotlarimni tiklash imkoni bormi"?
  • "Sayt ishlamay qoldi", yohud "Saytim bunday xatolik ko'rsatishni boshladi"
  • va hokazo …

Qo'llab-quvvatlash:

  1. Siz kichik biznes egasisiz va sizda CMS tizimda(WordPress, Joomla, DataLifeEngine, Tilda, ...) yoki oddiy statik, tayyor sayt mavjud. Domen va hosting buyurtma qildingiz, lekin uni cPanel boshqaruv panelida joylash va ishga tushirishni bilmaysiz.

    Bu holatda biz, loyiha murakkabligidan kelib chiqqan holda, saytingizni hosting serverga yuklash va ishga tushirib olishda yordam beramiz.


  2. Siz o'z loyihangizni ishlab chiqqan dasturchisiz, lekin cPanel boshqaruvi haqida yaxshi bilmaysiz. Sizda loyihani ishga tushirib olishda muammolar bo'lyapti.

    Ushbu vaziyat yuzasidan, sizda qanday loyiha ekani va uni ishga tushirib olishda qanday muammo yuzaga kelgani haqida bizga ma'lumot yozib yuboring. Texnik mutaxasislarimiz sizga yordam va maslahatlarini berishadi


  3. Siz cPanel boshqaruvi bo'yicha va loyihani ishga tushirish, boshqarish bo'yicha boshlang'ich tushunchalarga egasiz. Ammo sizda, ayni payt, sayt ishlashi bo'yicha muammo yuzaga kelgan. Aytaylik, saytda web serverga taaluqli turli xatoliklar aniqlangan, yoki sayt butunlay ishlamayotgan bo'lishi mumkin. Yohud sizda ma'lumot yo'qolishi; virus tushishi; boshqaruv paneliga kirishning cheklanishi bilan bog'liq muammolar kuzatildi.

    Bu kabi muammolar asosan, biror tuzilmaning noto'g'ri sozlanishi, doimiy monitoring yo'qligi, yoki ehtiyotsizlik sabab virus tushishi, yohud noto'g'ri amal bajarilishi tufayli yuz beradi. Bu holatda, vaziyat haqida to'liq ma'lumot bergan holda bizga murojaat qiling. Texnik mutaxasislarimiz vaziyatni o'rganib chiqishadi va kerakli choralarni ko'rib, maslahatlarini berishadi.


Ajratilgan Virtual Server (VDS) xizmati bo'yicha qo'llab-quvvatlash

Bizda, VDS xizmati bo'yicha Linux va Windows operatsion tizimlari o'rnatib beriladi. Ikkala tizimlar ham o'zining alohida tuzilmalariga, boshqaruv va xavfsizlik sozlamalariga, imkoniyatlariga ega.

VDS xizmati domen va hosting xizmatlaridan farqli o'laroq turli cheklovlardan holi. Xizmat sizga taklif qilayotgan narsa bu - ajratilgan resurs, alohida statik IP manzil va siz tanlagan operatsion tizim. Sizga bu tizim uchun to'liq huquq (Root/Administrator) beriladi.

Shu sababli, ushbu xizmat bo'yicha qo'llab-quvvatlash, serverning boshlang'ich sozlash ishlari va keyinchalik uning tarmoqda uzluksiz ishlab turishini ta'minlash bilan cheklanadi.

Ajratilgan Server (DS - Bare Metal) xizmati bo'yicha qo'llab-quvvatlash

Ushbu xizmat doirasiga quyidagilar kiradi:

Server o'rnatib berilishi protsedurasi:

  1. Server kelishilgan konfiguratsiya asosida tayyorlanadi
  2. Gipervizor o'rnatiladi (kelishuv asosida)
  3. Zaruratga ko'ra, ISO-obrazi yuklanadi
  4. Server data-markazga olib borib joylashtiriladi

Qo'shimcha

  1. Zarurat bo'lsa VPN orqali kirish sozlab beriladi:
    • Gipervizorga
    • iLO / IPMI-ga
  2. IP manzillar ajratiladi:
    • Standart: 1 ta public IP (shartnoma doirasida)
    • Qo'shimcha IP-lar — so'rov bo'yicha

"Colocation" xizmati

Server o'rnatib berilishi protsedurasi:

  1. Mijoz uskunasi qabul qilib olinadi
  2. Server data-markazga olib borib joylashtiriladi
  3. Elektr ta'minoti va internet tarmog'i ulanadi

Qo'shimcha:

  1. zarurat bo'lsa VPN orqali kirish sozlanadi:
    • Gipervizorga
    • iLO / IPMI-ga
  2. IP manzillar ajratiladi:
    • Standart: 1 ta public IP (shartnoma doirasida)
    • Qo'shimcha IP-lar — so'rov bo'yicha

Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga nimalar kirmaydi

Endi esa Hostmaster texnik qo'llab-quvvatlash doirasiga kirmaydigan xizmat turlari haqida ham ma'lumot berib o'tamiz.

Domenlar

Domen boshqaruvi boshqa provayderda

  1. Domen qaysi registratorda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, o'sha registratorda NS sozlanishi kerak. Agar domeningiz registratori bizning kompaniya bo'lmasa, NS sozlanishi uchun tegishli registratorga murojaat qilishingiz lozim.
  2. Domen DNS yozuvlari, uning NS yozuvlari belgilangan DNS serverda sozlanadi. Agar domeningiz NS yozuvlari bizning DNS serverlarimiz(ns1.hostmaster.uz,ns2.hostmaster.uz,ns3.hostmaster.uz)ga sozlanmagan bo'lsa, unda tegishli DNS serverdan buni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.

Bizga tegishli bo'lmagan platformalarda domen sozlamalarini amalga oshirib berish

Biz Google, Tilda kabi tizimlarda domeningiz uchun verifikatsiya va sozlash ishlari bilan shug'ullanmaymiz. Sababi, ular bizning platformalarimiz hisoblanmaydi. Bu kabi sozlash ishlarida qo'llanma, yoki yordam ko'rsatish borasida anu shu platformalar qo'llab-quvvatlash kontaktlariga murojaat qilinishi kerak.

Hosting va saytlar

Saytni joylashtirib berish, ko'chirish va ishga tushirib berish masalasi

Ushbu xizmat kichik biznes egalarining CMS tizimlarida tayyorlangan, yohud statik sayt talqinidagi saytlar uchun tegishli hisoblanadi.

Agar sizda murakkab va bir nechta texnologiyalardan iborat platforma bo'lsa, biz uni to'liq o'rnatib, ishga tushirib berishni zimmasiga olmaymiz. Chunki buning uchun loyihani chuqur o'rganish kerak va bu ko'p vaqt oladi. Shu sababli, bunday loyihalarni ularni ishlab chiqqan dasturchi ishga tushirgani ma'qul — bu loyihaning muammolarsiz va barqaror ishga tushib olishi uchun to'g'riroq yondashuv bo'ladi.

Sayt monitoringi va unda o'zgarish qilib berish

Ba’zi mijozlar saytida kichik o‘zgarishlar kiritib berishimizni so‘rashadi. Ammo biz loyihaning o‘ziga aralashmaymiz — faqat unga xizmat ko‘rsatamiz. Texnik qo‘llab-quvvatlash xodimlariga mijoz loyihasida o‘zgartirish qilishlari mumkin emas, bu loyiha uchun javobgarlik masalalari bilan bog‘liq bo'lib, butunlay bizning xizmat doiramizdan tashqari hisoblanadi.

Muhim: hosting kompaniya loyihalaringiz uchun resurs va infratuzilma taqdim etadi, ammo sayt yoki platforma ishlab chiqish u taqdim qiladigan xizmatlarga turiga kirmaydi.

VDS serverlar

Qo'llab-quvvatlash quyidagilarni amalga oshirmaydi:

  • Server administratsiyasi
  • Murakkab dasturiy tuzilmalarni o'rnatish va sozlash (Docker, Kubernetes va boshqalar)
  • Xavfsizlik sozlamalari (firewall, hardening)
  • Ishlash holatini optimallashtirish
  • Zaxira nusxalarni o'zida saqlash (agar alohida xizmat sifatida buyurtma qilinmagan bo'lsa)

Muhim:

Mijozga to'liq boshqaruv huquqi berilishi sabab, u quyidagilar uchun to'liq javobgar hisoblanadi:

  • Server sozlamalari
  • O'rnatiladigan ilovalar
  • Tizim xavfsizligi

DS serverlar

Qo'llab-quvvatlash quyidagilarni amalga oshirmaydi:

  • Gipervizor yoki mijoz operatsion tizimi administratsiyasi
  • Virtual mashinalarni sozlash
  • Uchinchi tomon dasturlarini o'rnatish va qo'llab-quvvatlash
  • Server ichidagi tarmoq logikasini sozlash

Qo'llab-quvvatlash faqatgina quyidagilar uchun javobgarlikni o'z bo'yniga oladi:

  • Apparat qismi
  • Server ishlash holati
  • Asosiy infratuzilma

Colocation

Qo'llab-quvvatlash quyidagilarni amalga oshirmaydi:

  • Mijoz operatsion tizimini sozlash
  • Server administratsiyasi
  • Ilovalarni sozlash
  • Mijoz dasturlarini diagnostika qilish

Qo'llab-quvvatlash faqatgina quyidagilar uchun javobgarlikni o'z bo'yniga oladi:

  • Elektr ta'minoti
  • Tarmoq
  • Uskunani joylashtirish