Xizmatlar uchun sinov muddatlari

Hostmaster taqdim qiluvchi ayrim xizmatlar uchun taklif qilinadigan sinov muddatlari bilan tanishing

Domen

Domen olishda "sinov muddati" tushunchasi mavjud emas. Domen to'g'ridan-to'g'ri sotib olinadi va sotib olish va muddatni cho'zish uchun qilingan to'lovni qaytib olish imkoniyati mavjud emas.

Hosting (web hosting, shared hosting)

Hosting uchun taqdim qilinadigan sinov muddati — 7 kun.

Bu shuni anglatadiki, siz hostingga odatdagidek pul to'lab sotib olasiz. Loyihangizni joylashtirasiz. Agar biror sabablarga ko'ra ushbu hosting xizmati sizga maqul bo'lmasa, uni bekor qilib, to'langan summani qaytarib olish uchun, sizda hosting aktivlashtirib berilgan kundan boshlab 7 kun vaqtingiz bo'ladi.

Bu narsa, hostingda "u", yoki "bu cheklovlar" bormi?, mening loyiham uchun "bu texnologiya"ning "mana bunday versiyasi" kerak, sizlar qo'llab-quvvatlaysizlarmi?, kabi savollarni yopadi.

Hech narsa haqida o'ylamay, bir oylik minimum tarifni sotib olasiz va sinov ishlarini amalga oshirib, imkoniyatlari bilan tanishib chiqasiz. Aytilganidek, maqul bo'lmagan, mos kelmagan taqdirda, o'sha 7 kun ichi pulingizni qaytarib olish imkoniyati sizda mavjud.

Reseller hosting

Ushbu hosting turi uchun ham, odatdagisi kabi, 7 kunlik sinov muddati taqdim qilinadi.

VDS

Jismoniy shaxslar uchun sinov muddati davomiyligi - 3 kun, yuridik shaxslar uchun - 5 kun, ammo sizga sinov uchun qo'shimcha vaqt talab etilsa, biz ushbu muddatni cho'zishimiz mumkin.

Sinov davrini boshlash uchun texnik yordam xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Shunda sizga to'lov qilmasangiz ham, so'ralgan muddatga server aktivlashtirib beriladi.

Muddat yakunlangach, menejerimiz sizga xizmatni yoqtirish yoki so'ndirish bo'yicha aloqaga chiqadi.

Agar siz, xizmatni to'lov qilib olgan bo'lsangiz va ammo (jismoniy shaxs sifatida) 3 kun ichida xizmatni olishdan bosh tortsangiz, to'langan summa qaytarib beriladi. Yuqoridagi tegishli muddatlardan o'tib ketgan taqdirda esa, qaytarib berilmaydi.

DS (Bare Metal server)

Ajratilgan serverlar uchun sinov muddati mavjud emas. Sababi, ushbu daraja uchun aniq resurslar belgilanadi (server resurslari, tarmoq). Ichki tuzilma, virtual mashinalar, ulardagi soft mijoz tomonidan to'liq boshqarilishi hisobga olingan holda, ularni sinovdan o'tkazish uchun ehtiyoj yo'q deb qaraladi.

Collocation

Collocation xizmatida esa, xatto server ham mijozning o'z serveri bo'lgani uchun sinov muddatiga ehtiyoj yo'q.