Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish

Shaxsiy yoki kontakt ma'lumotlaringizni qanday yangilash mumkinligini bilib oling.

Faraz qilaylik, ro'yxatdan o'tishda noto'g'ri ma'lumot kiritdingiz. Keyinroq uni to'g'rilashga qaror qildingiz. Qayerda va qanday qilib buni amalga oshirish mumkin?

Avval saytdan akkauntingizga kirib olishingiz kerak bo'ladi.

So'ng, Akkaunt sahifasida ekanligingizga ishonch hosil qilib olasiz (bu bizda Shaxsiy kabinet deb ham yuritiladi):

Akkaunt sahifasida barcha xizmatlar va bo'limlarni ko'rasiz. Bizga kerak bo'lgani — Kontaktlar bo'limi.

Ochilgan sahifada barcha kontaktlaringiz ro'yxati chiqadi. Har bir kontakt yonida ikki amal tugmasi bo'ladi. Sahifaning yuqorisida esa yangi kontakt yaratish tugmasi mavjud:

  1. Ko'z belgisi – tanlangan kontakt ma'lumotlarini ko'rish;
  2. Qalam belgisi – tanlangan kontakt ma'lumotlarini tahrirlash;
  3. Yuqoridagi tugma – yangi kontakt yaratish.

Qalam belgisiga bosing va ochilgan sahifada kerakli ma'lumotlarni o'zgartiring: