To'lov qilish tartibi

Hostmaster xizmatlari uchun to'g'ri tartibda to'lovni amalga oshirish

Hostmaster xizmatlari uchun to'lovlarni tez, xavfsiz va rasmiy tarzda amalga oshirishingiz shart-sharoitlari yaratilgan bo'lib, to'lov usuli siz jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligingizga bog'liq bo'ladi.

Jismoniy shaxslar uchun to'lov

Jismoniy shaxslar xizmatlar uchun ommabop to'lov ilovalari orqali to'lov qilishlari mumkin:

  • Payme;
  • Click;
  • Uzum Bank.

Xavfsizlik, shaffoflik va mablag'larning avtomatik hisobga o'tishini ta'minlash uchun barcha to'lovlar faqat rasmiy to'lov tizimlari orqali amalga oshirilishi shart.

To'lovni amalga oshirish tartibi

  1. Payme, Click yoki Uzum Bank ilovasini oching.
  2. Xizmatlarni to'lash bo'limiga o'ting.
  3. Qidiruvdan Hostmaster kompaniyasini toping.
  4. Mijoz ID (ID klienta) raqamingizni kiriting.
  5. To'lovni tasdiqlang.

Yuridik shaxslar uchun to'lov

Yuridik shaxslar xizmatlar uchun faqat pul o'tkazish (безналичный расщёт) yo'li bilan to'lov qiladilar.

To'lovni amalga oshirish uchun hisob-faktura (счет) olish va unda ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha bank o'tkazmasini bajarish lozim. Mablag' kelib tushgach, xizmat avtomatik ravishda faollashadi yoki uzaytiriladi.

Agar tashkilotingizga didox.uz EDO (elektron hujjat aylanishi) tizimi orqali hisob-faktura taqdim etilishi kerak bo'lsa, Hostmaster yordam markaziga murojaat qiling. Mutaxassislar zarur hujjatlarni tayyorlab, jo'natib berishadi.

Xizmat ko'rsatish shartnomasi

Xosting yoki domen nomini ro'yxatdan o'tkazish xizmatlari bo'yicha shartnoma har doim shaxsiy kabinetda tayyor turadi.

Shartnomani ochish uchun:

  1. Kerakli xizmat bo'limiga o'ting.
  2. "Operatsiyalar" bo'limini oching.
  3. Hujjat belgisining (list) ustiga boring.
  4. Sichqoncha ko'rsatkichini olib borganingizda "Shartnomani ochish" degan yordamchi yozuv chiqadi.
  5. Shartnomani ochish yoki yuklab olish uchun tugmani bosing.

To'lovda muammo yuzaga kelsa

Agar to'lov o'tmayotgan bo'lsa, birinchi navbatda quyidagilarni tekshiring:

  • Mijoz ID raqami to'g'ri kiritilganiga ishonch hosil qiling;
  • Bank kartangizda yetarli mablag' borligini tekshiring;
  • Biroz kutib, to'lovni qayta amalga oshirishga urinib ko'ring.

Ko'p so'ralgan savollar (FAQ)