Shaxsiy kabinetim parolini qayerdan o'zgartirib olsam bo'ladi?

Turli sabablarga ko'ra siz, parolingizni o'zgartirmoqchisiz. Lekin buni qanday qilishni, yohud qanday to'g'ri amalga oshirishni bilmayapsiz.

Quyida biz buni qanday amalga oshirishni qadamma-qadam ko'rib chiqamiz:

"Akkaunt"(ba'zi o'rinlarda "Shaxsiy kabinet") sahifasidan "Parolni o'zgartirish" tugmasini bosamiz:
Ochilgan sahifada formani to'ldiring
  1. Joriy parol, ya'ni ayni paytdagi parolni kiriting;
  2. Yangi parolni kiriting;
  3. Tasdiqlash uchun yangi parolni qayta kiriting;
  4. "Parolni o'zgartirish" tugmasini bosing.
Jarayon shu bilan yakunlanadi

Yangi parol sozlanganini tekshirish uchun, tizimdan chiqib, yangi parol bilan qayta kirishga urinib ko'ring.