Jismoniy/yuridik shaxs kontaktini yaratish
Jismoniy yoki yuridik shaxs kontaktini yarating
Ushbu qo'llanmada yangi kontakt yaratish ko'rib chiqiladi.
Akkaunt ro'yxatdan o'tkazilganda avtomatik ravishda kontakt yaratish sahifasi ochiladi.
Avvalo siz kontakt turini tanlashingiz kerak bo'ladi:
- Jismoniy shaxs — o'z nomidan faoliyat yurituvchi fuqaro yoki rezident shaxs. Uning huquq va majburiyatlari bevosita o'ziga bog'liq bo'ladi (masalan, xizmatlarga ro'yxatdan o'tish, soliq to'lash, shaxsiy shartnomalar tuzish).
- Yuridik shaxs — Qonuniy ravishda alohida huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan tashkilot, korxona yoki muassasa. U o'z nomidan shartnoma tuzishi, mulkka egalik qilishi va soliqlar hamda majburiyatlar uchun javobgar bo'lishi mumkin.
Jismoniy shaxs kontaktini qanday to'ldirish kerak:
- To'g'ri pasport ma'lumotlarini kiriting
- Mamlakat/shaharni ko'rsating
- Aniq manzilni kiriting (uy raqami va boshqalar bilan)
- Amaldagi telefon raqamlarini kiriting
- Email manzilingiz
Eslatma
- Manzil to'liq holatda, aniq ma'lumotga asoslangan holda kiritilishi kerak. Aks holda keyinchalik sotib olinadigan domenlar faollashtirilishida muammolar kelib chiqadi!
- Aktual elektron pochta manzili kiritilishi muhim, sababi parollar yangilanishi, shaxs tasdiqlanishi, server haqidagi muhim ma'lumotlar ushbu elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hamma ma'lumotlarni to'ldirgach, "Yaratish" tugmasini bosing
Yuridik shaxs kontaktini qanday to'ldirish kerak:
- To'g'ri va amaldagi yuridik shaxs rekvizitlarini kiriting
- Mamlakat/shaharni ko'rsating
- Yuridik manzilni kiriting (uy raqami va boshqalar bilan)
- Amaldagi telefon raqamlarini kiriting
- Email manzil
Hamma ma'lumotlarni to'ldirgach, "Yaratish" tugmasini bosing