VDS xizmati

VDS xizmati, uning imkoniyatlari va afzalliklari haqida umumiy ma’lumot

Virtual Dedicated Server (VDS) — yuqori unumdorlik, moslashuvchanlik va server ustidan to‘liq nazorat talab qilinadigan loyihalar uchun optimal yechim hisoblanadi.

Oddiy hostingdan farqli ravishda, VDS sizga ajratilgan resurslar, kafolatlangan barqarorlik va tizimni o‘z ehtiyojlaringizga mos ravishda sozlash imkonini beradi.

VDS ning asosiy afzalliklari

  • Ajratilgan resurslar – RAM, CPU va disk hajmi, Public IP manzil, to'liq izolyatsiyalangan muhitda sizga taqdim qilinadi.
  • To‘liq (root) access – operatsion tizimni to‘liq boshqarish va kerakli dasturlarni o‘rnatish imkoniyati. Ichki tizim cheklovlari to'liq sizning nazoratingiz ostida.
  • Moslashuvchan konfiguratsiya – loyihangiz ehtiyojiga qarab mos tarifni tanlash imkoniyati.
  • Barqarorlik va ishonchlilik – boshqa foydalanuvchilarning yuklamasi sizning serveringizga ta’sir qilmaydi. VDS va VPS farqini bu yerda o'qing
  • Turli OS variantlari – Linux va boshqa operatsion tizimlarni o‘rnatish imkoniyati.

VDS nima uchun mos keladi?

  • Yuqori trafikga ega saytlar va internet-do‘konlar
  • Yuqori unumdorlik talab qiladigan ilova va servislar
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va test qilish
  • Korporativ email yoki database serverlarni ishga tushirish

Bizning VDS xizmatimizni tanlab, siz tezlik, ishonchlilik va server ustidan to‘liq boshqaruv erkinligiga ega bo‘lasiz.