Qaysi operatsion tizimni tanlash kerak

Hostmaster VDS serverlari uchun mavjud operatsion tizimlar va turli loyihalar uchun qaysi OS mos kelishini bilib oling

VDS server buyurtma berishda birinchi o'rinda operatsion tizimni tanlash kerak bo'ladi. To'g'ri OS tanlovi loyihangiz turi, o'rnatiladigan texnologiyalar/soft jamoangiz tajribasi va uzoq muddatli qo'llab-quvvatlash talablariga bog'liq bo'lishi mumkin.

Biz turli vazifalar uchun moslashtirilgan, ishonchli va sinovdan o'tgan operatsion tizimlar ro'yxatini taqdim etamiz.

Ushbu qo'llanmada mavjud barcha operatsion tizimlar, ularning afzalliklari va qaysi holatlarda ishlatish tavsiya etilishi haqida ma'lumot beriladi.

Mavjud operatsion tizimlar

Ubuntu 22.04 LTS

Ubuntu 22.04 LTS (Jammy Jellyfish) — eng ommabop va standart tavsiya qilinadigan tanlovlardan biri hisoblanadi. Ko'plab texnologiyalar tomondan qo'llab-quvvatlanadi va tizim yangilanishlari 2027-yil, aprelgacha deb ma'lumot berilgan.

Yo'nalishlar:

  • Veb ilovalar va API loyihalar (Node.js, Python, PHP, Ruby)
  • Docker va container asosidagi tizimlar
  • CI/CD va DevOps muhiti
  • Linux bilan yangi ishlayotgan foydalanuvchilar uchun qulay

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

Ubuntu eng katta paket bazasiga ega, ko'plab dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va internetdagi ko'pchilik qo'llanmalar aynan Ubuntu asosiga yozilgan.


Ubuntu 24.04 LTS (Tavsiya etamiz)

Ubuntu 24.04 LTS (Noble Numbat) — hozirgi tavsiya etiladigan Ubuntu versiyasi bo'lib, 2029-yil aprelgacha qo'llab-quvvatlanadi.

Unda yangi kernel versiyalari va zamonaviy dasturlash muhiti mavjud.

Yo'nalishlar:

  • Zamonaviy dastur versiyalarini talab qiladigan loyihalar
  • Python 3.12+, Node.js 20+ va yangi toolchain-lar
  • Yangi loyihalar

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

Ubuntu 24.04 yangi va barqaror tizim bo'lib, xavfsizlik va zamonaviylik talablariga mos keladi.


CentOS Stream 8

CentOS Stream 8 — RHEL 8 dan biroz oldinda yuruvchi rolling-release distributiv hisoblanadi. U 2024-yil may oyida EOL(End of life) holatiga o'tgan va endi xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi.

Yo'nalishlar:

  • Qisqa muddatli test va development muhiti
  • RHEL 8 bilan moslik kerak bo'lgan loyihalar

CentOS Stream 9

CentOS Stream 9 — RHEL 9 ning rolling upstream versiyasi bo'lib, Red Hat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Yo'nalishlar:

  • RHEL 9 bilan mos enterprise muhitlar
  • RHEL ekotizimini test qilish
  • Ansible, Podman, SELinux kabi vositalar bilan ishlash

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

RHEL 9 ga yaqin muhitni litsenziyasiz ishlatish imkonini beradi.


AlmaLinux

AlmaLinux — RHEL bilan 1:1 binary-compatible bo'lgan bepul va barqaror distributiv.

Yo'nalishlar:

  • Oldin CentOS ishlatgan production serverlar uchun
  • cPanel, Plesk, DirectAdmin talab qiladigan hosting tizimlari uchun
  • ERP, e-commerce va database serverlar

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

AlmaLinux hozirgi eng ishonchli enterprise Linux distributivlaridan biri hisoblanadi.


Debian 10 (Buster)

Debian 10 (Buster) 2024-yil iyunida EOL holatiga o'tgan.

Yo'nalishlar:

  • Faqat eski dasturlarni ishlatish uchun
  • Izolyatsiyalangan yoki internetga ulanmagan muhitlar uchun

Debian 11 (Bullseye)

Debian 11 (Bullseye) — yuqori darajadagi barqarorlikka ega versiya.

Yo'nalishlar:

  • Maksimal barqarorlik talab qilinadigan serverlar
  • Mail server, DNS server va tarmoq xizmatlari
  • Minimal resurs ishlatadigan tizimlar

Nima uchun tanlash kerak

Debian to'liq sinovdan o'tgan paketlar bilan keladi va uzoq muddat ishlaydigan serverlar uchun juda mos hisoblanadi.


Debian 12 (Bookworm)

Debian 12 (Bookworm) — hozirgi stable Debian versiyasi.

Yo'nalishlar:

  • Debian 11 dagi barcha vazifalar
  • Python 3.11, PHP 8.2, PostgreSQL 15 kabi yangi dasturlar

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

Debian 12 yangiroq paketlar va Debian'ning mashhur barqarorligini birlashtiradi.


Windows Server (Litsenziyasiz)

VDS serveringizda Windows Server-ni o'rnatib beramiz, ammo u tizim litsenziyasini ham o'z ichiga olmaydi.

Yo'nalishlar:

  • 1C:Buxgalteriya
  • .NET va ASP.NET ilovalari
  • Microsoft SQL Server
  • Active Directory va RDP muhiti

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

Ko'pchilik mijozlar Windows Serverni aynan 1C:Buxgalteriya uchun tanlaydilar.

VDS serverda 1C ishlatib, barcha buxgalterlarni RDP orqali umumiy tizimga, bir vaqtning o'zida ulash mumkin bo'ladi.


Issabel

Issabel — VoIP va PBX tizimlari uchun mo'ljallangan unified communications platformasi.

Yo'nalishlar:

  • Call-markaz va telefoniya tizimlari
  • SIP trunk va extension-lar
  • IP telefoniya

Nima uchun bu tizimni tanlash kerak

FreePBX va Asterisk oldindan sozlangan holda bo'ladi.


CHR (MikroTik Cloud Hosted Router)

CHR — MikroTik RouterOS ning virtual serverlar uchun versiyasi.

Yo'nalishlar:

  • VPN gateway
  • BGP va OSPF routing
  • Traffic shaping va firewall siyosatlari

Nima uchun tanlash kerak

Maxsus router uskunasisiz professional routing tizimini qurish imkonini beradi.

Taqqoslash jadvali

OSTuriQo'llab-quvvatlashEng yaxshi foydalanish
Ubuntu 22.04UniversalApr 2027Web, Docker, DevOps
Ubuntu 24.04UniversalApr 2029Yangi loyihalar
Ubuntu 26.04Universal🔜 Tez kunda
CentOS Stream 8Enterprise⚠️ EOLFaqat legacy test
CentOS Stream 9Enterprise~2027RHEL 9 test
AlmaLinuxEnterprise stable~2032Production
Debian 10Stable⚠️ EOLLegacy
Debian 11StableAug 2026+Mail/DNS
Debian 12Stable2026+Yangi Debian loyihalar
Windows ServerWindowsTurlicha1C, MSSQL, RDP
IssabelPBX/VoIPActiveCall-center
CHRNetwork OSActiveVPN, routing

Tavsiyalar

  • Yangi web loyiha boshlayapsizmi?Ubuntu 22.04 yoki Ubuntu 24.04
  • CentOS dan migratsiya qilayapsizmi?AlmaLinux
  • Maksimal barqarorlik kerakmi?Debian 12
  • 1C:Buxgalteriya ishlatmoqchimisiz?Windows Server
  • VoIP yoki call-center quryapsizmi?Issabel
  • VPN yoki virtual router kerakmi?CHR

Agar qaysi OS ni tanlashni bilmasangiz, ko'pchilik loyihalar uchun Ubuntu 24.04 LTS eng xavfsiz va tavsiya etilgan variant hisoblanadi.

Kerakli OS ro'yxatda yo'qmi?

Bizning operatsion tizimlar ro'yxatimiz eng ko'p ishlatiladigan variantlarni qamrab oladi, ammo bu to'liq ro'yxat emas. Agar sizga kerakli OS ro'yxatda bo'lmasa, aniqlashtirish uchun bizning qo'llab-quvvatlash kontaktimizga yozib yuborishingiz kerak bo'ladi:

Biz sizga kerakli operatsion tizim mavjud yoki yo'qligini aytamiz va o'rnatishda yordam beramiz.

Serverni qabul qilib olganingizdan so'ng OS-ni yangilang

Bu serveringizda eng so'nggi xavfsizlik yangilanishlari va xatolik tuzatishlari o'rnatilgan bo'lishini ta'minlaydi, chunki OS image yaratilgan va server sizga taqdim qilingan vaqt oralig'ida yangi vulnerability aniqlangan bo'lishi va u uchun yangi fix patch chiqarilgan bo'lishi mumkin.

Debian / Ubuntu uchun

sudo apt update && sudo apt upgrade -y

AlmaLinux / CentOS Stream uchun

sudo dnf update -y

Windows Server uchun

Sozlamalar ichidan Windows Update bo'limini oching va litsenziyani aktivatsiya qilish yoki dasturlar o'rnatishdan oldin barcha mavjud yangilanishlarni o'rnating.