VNC boshqaruv paneli

VDS xizmatlari uchun VNC boshqaruv paneli va unga kirib olish

VNC o'zi nima?

VNC (Virtual Network Computing) - bu VDS serverlar boshqaruvini to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirish usuli hisoblandi.

VNC panelining siz uchun asosiy bajaradigan funksiyalari bu:

  1. Remote Console
  2. Server ustida stop, start, reboot, shutdown kabi muhim o'chirish-yoqish amallari
  3. Serverning CPU, RAM, Tarmoq traffigi, Disk I/O bo'yicha hozirgi, kunlik, haftalik, oylik va yillik yuklamasini tekshirish uchun grafik elementlar

Ularning ichida eng asosiysi bu Remote Console hisoblandi. Bu texnologiya serverdan to'g'ridan-to'g'ri, pekselli ekran uzatmasini ko'rsatib turadi, shuningdek, sichqoncha va klaviatura orqali boshqaruvni veb interfeys orqali serverga uzatadi.

Bunday boshqaruv agar sizda SSH(Linux), yoki RDP(Windows) aloqasida muammo yuzaga kelsa, serverga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanib boshqarish va kamchiliklarni to'g'irlab olish imkonini beradi.

VNC boshqaruviga qanday kiriladi?

VNC veb interfeysiga kirish manzili: vnc.hostmaster.uz

VNC boshqaruv paneliga kirish uchun birinchi o'rinda, albatta sizda VDS server rasmiylashtirilgan bo'lishi kerak.

Shaxsiy kabinetingizdan Mening VDSlarim bo'limini oching
Ochilgan oynadan "VNC uchun kirish ma’lumotlarini o‘zgartirish" tugmasini bosing
Ochilgan sahifada tasdiqlash kodi yuboriladigan pochta manzilingiz ko'rsatiladi. "Yuborish" tugmasini bosasiz.
Pochtangizni tekshirasiz va tasdiqlash kodini nusxalab olasiz

Agar inbox - asosiy kiruvchi xabarlar ichida tasdiqlash xabari kelmagan bo'lsa, spam papkani ham tekshirib ko'ring.

Nusxalagan kodni tegishli oyna formasiga kiriting va "Tasdiqlash"ni bosing.

Ko'rsatilgan vaqt momenti o'tkazib yuborilsa, tasdiqlash xabarini qayta yuborish tugmasi mavjud.

Tasdiqlash xabari yuborilgach, Sizga VNC ga kirish ma'lumotlari fayl ko'rinishida pochtangizga yangi pochta xabari ko'rinishida yuboriladi.

Agar xabar kelmagan bo'lsa, spam papkasini ham tekshirib ko'ring

Xabarda olingan VNC kirish ma'lumotlaridan foydalanib panelga kirib olasiz
  1. login/username ni kiriting
  2. parolni kitiring
  3. Realm uchun "Proxmox VE authentication server" uslubini tanlang
  4. "Login" tugmasini bosing
Ochilgan panelda o'z VDS serveringizni topib oling va ustiga ikki marta bosish orqali ichki boshqaruv bo'limini ochib oling

VNC paneli boshqaruv elementlari

Remote Console ni Console qismi orqali ochib olasiz

Summary bo'limida esa

  1. Vaqt filteri bo'yicha berilgan CPU, RAM, Tarmoq traffigi, Disk I/O bo'yicha yuklamalarni tekshirib olishingiz
  2. Yuqoriroqda esa o'chirish-yoqish amallarini topasiz

Ko'p so'ralgan savollar