SSH (Secure Shell) — serveringizga masofadan xavfsiz ulanish va uni boshqarish uchun protokol. Ulanishdan oldin quyidagi ma'lumotlar sizda bo'lishi kerak:
- Serveringizning IP-manzili
- Foydalanuvchi nomi (Username) — xizmatni sozlashda avtomatik yaratilgan tizim foydalanuvchisi
- Parol
- Port — standart holda
22
Ushbu ma'lumotlar serverga to'lov amalga oshirilganida va u aktivlashganda, elektron pochtangizga yuboriladi (agar asosiy pochta papkasida topilmasa, spam papkasi tekshirilishi lozim).
Muhim: Xavfsizlik nuqtai nazaridan sizga to'g'ridan-to'g'ri root foydalanuvchisi emas, balki barcha boshqaruv huquqlariga ega sudoer (administrator) foydalanuvchisi taqdim etiladi. Bu foydalanuvchi orqali root foydalanuvchiga o'tib olishingiz va parollarni yangilab olishingiz mumkin bo'ladi.
Linux va macOS
Bu tizimlarda SSH oldindan o'rnatilgan bo'ladi. Shunchaki terminalingizni oching va quyidagi buyruqni ishga tushiring:
Masalan:
Birinchi ulanishda kompyuteringiz sizdan ushbu aloqa uchun kriptografik fingerprint uchun rozilik bildirishni so'raydi: "yes" deb tasdiqlaysiz. So'ng so'raladigan parolni kiritasiz.
Windows
Windows 10 va 11 da ichki SSH-client mavjud. PowerShell yoki Windows Terminal orqali quyidagi buyruqni ishga tushiring:
Root (Superuser) rejimiga o'tish
Taqdim etilgan foydalanuvchi administrator huquqlariga ega bo'lgani uchun, tizimda to'liq root rejimiga o'tish yoki buyruqlarni superuser nomidan bajarishi mumkin. Buning uchun ikki usul mavjud:
- Buyruqni administrator nomidan bajarish: Har buyruq boshiga, shunchaki,
sudoso'zini qo'shing, masalan: - To'liq root rejimiga o'tish: Terminalda to'g'ridan-to'g'ri root foydalanuvchisiga o'tish uchun quyidagi buyruqni yozing va parolingizni kiriting:
Android va iPhone
Sizga shaxsiy tajribamizdan kelib chiqqan holda, qulay va zamonaviy yechim — Termius ilovasini taklif qilamiz. Ilova ikkala platforma uchun ham mavjud. Bog'lanishda serveringizning IP-manzili, porti, sizga taqdim etilgan foydalanuvchi nomi va parolini kiritasiz, so'ng Connect tugmasini bosasiz.
Barcha qurilmalar uchun yagona ilova
Agar barcha qurilmalaringiz — Windows, macOS, Linux, Android va iPhone — uchun yagona vositani afzal ko'rsangiz, Termius hamma tizimlarda mavjud dasturlardan hisoblanadi.