Xizmatni boshqa akkauntga ko‘chirish

Xizmatni sizning akkauntingizdan boshqa foydalanuvchi akkauntiga ko‘chirish bo‘yicha qo‘llanma.

Agar qandaydir sababga ko‘ra xizmatni boshqa akkauntga ko‘chirish zarur bo‘lsa, quyidagi amallarni bajaring:

  1. Xizmatni ko‘chirish bo‘yicha so‘rovni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: support@hostmaster.uz
  2. So‘rov albatta sizning shaxsiy kabinetingizda ko‘rsatilgan kontakt elektron pochta manzilidan yuborilishi kerak
  3. Javob xatida biz sizga vaziyat haqida xabar beramiz