Nega serverimdagi RAM(operativ xotira) miqdori kam ko'rsatmoqda?

Proxmox virtual mashinalarida RAM-ning kam miqdorda ko'rsatilishi sabablari va Memory Ballooning qanday ishlashi

Ba'zan operatsion tizimda sizning serveringizda ko'rsatilgan RAM miqdori tarifdagi qiymatdan ancha kam bo'lishi mumkin (masalan, tarifdagi kabi 4 GB emas, 869 MB).

Bu o'z-o'zidan sizda: "Nega menga olingan tarif rejasi bo'yicha, kerakli miqdordagi operativ xotira sozlangan VDS server taqdim qilinmadi?", - kabi savolni yuzaga keltirishi tabiiy.

Aslida esa, siz tarifda ko'rsatilganidek resurslarga ega bo'lyapsiz, faqat bu yerda RAM masalasida siz bilib olishingiz lozim bo'lgan bir tushuncha mavjud va bu - Memory Ballooning.

Memory Ballooning o'zi nima?

Bizning serverlarda (Proxmox virtualizatsiya muhitida) Memory Ballooning texnologiyasi ishlatiladi.

  • VNC panelida, Hardware bo'limida, aytaylik, 4 GB RAM ko'rsatilgan. Nu serveringizga maksimal ajratilishi mumkin bo'lgan RAM hisoblanadi.
  • Agar server hozirda barcha RAMni ishlatmayotgan bo'lsa:
    • gipervizor vaqtincha ajratilgan RAM miqdorini kamaytiradi (ya'ni minimal ko'rsatilgan miqdorga)
    • shuning uchun operatsion tizimda, tekshirganingizda, kamroq miqdordagi RAM-ni ko'rishingiz mumkin

Agar serverimda yuklama oshsa, unda nima sodir bo'ladi?

  • Server avtomatik ravishda ko'proq RAM-dan foydalanishni boshlaydi
  • RAM miqdori 4 GB gacha oshishi mumkin (ya'ni misol tariqasida olganimiz, tarif bo'yicha maksimal operativ xotira hajmiga)
  • Bu jarayon avtomatik ravishda, serverni qayta ishga tushirmasdan amalga oshadi

Shunday qilib, resurslar dinamik tarzda, zarur bo'lgan miqdorgacha yetkazib berib turiladi.

Swap memory haqida biroz to'xtalamiz

Serverda shuningdek, masalan, 2 GB Swap sozlangan deylik:

  • vaqtincha RAM yetishmasa zaxira sifatida u ishlatiladi
  • yuqori yuklama paytida kamchiliklarni oldini oladi
  • disk orqali ishlagani uchun disk i/o ni biroz sekinlashtirishi mumkin

Demak RAM-ning kam ko'rsatilishi bu normal holatmi?

✅ Ha, bu Memory Ballooning yoqilgan virtual serverlar uchun standart holat hisoblanadi:

  • Serverda aniq belgilangan RAM cheklovi yo'q
  • Tarif bo'yicha to'liq RAM maksimal ishlatilishi mumkin bo'lgan qiymat sifatida sozlangan bo'ladi
  • Bu yerda, shunchaki, tizim resurslarni moslashuvchan tartida boshqarishga urinadi

Shuning uchun ham umumiy tizim nuqtai nazaridan Ballooning boshlang'ich holat sifatida qo'llab-quvvatlanadi.

RAMni maksimal qiymatga sozlab qo'yish mumkinmi?

Ha, istasangiz konfiguratsiyani o'zgartirish, va maksimal holatga sozlab berish imkoni mavjud.

Memory Ballooningni o'chirish

  • RAM doimiy 4 GB bo'ladi
  • Miqdor kamaymaydi
  • RAM-dan doimiy maksimal foydalanishga urinuvchi ilovalar uchun qulayroq

Ballooning bilan hozirgi boshlang'ich holatda qolish (tavsiya qilinadi)

  • Tizim miqyosida resurslardan samarali foydalanishga imkon yuzaga keladi
  • Virtual mashinada yuklamaga avtomatik moslashuv shakllanadi