Ushbu qo'llanmada virtual server (VDS) xizmatini buyurtma qilish jarayonini ko'rib chiqamiz.
Avvalo, saytda ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. Agar hali ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, jarayon bilan tanishish uchun ushbu havola orqali buni ko'rib chiqing va ro'yxatdan o'ting. Shundan so'ng ushbu maqolaga qaytib, davom etishingiz mumkin bo'ladi.
Agar siz allaqachon ro'yxatdan o'tgan va shaxsiy kabinetga kirgan bo'lsangiz, yangi VDS buyurtma qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:
VDS bo'limiga o'tish
Ishni boshlash uchun shaxsiy kabinetga o'ting. Asosiy panelda «Mening VDSlarim» blokini toping va «VDSga buyurtma qilish» tugmasini bosing.
Yangi buyurtma yaratish
Siz virtual serverlaringiz ro'yxati joylashgan sahifaga o'tasiz. Yangi xizmat buyurtma qilish uchun jadval yuqorisidagi qizil «Yangi VDS uchun buyurtma» tugmasini bosing.
Tarif rejasini tanlash
Tarifni tanlash bosqichida quyidagi amallarni bajaring:
- To'lov muddati: Qulay billing davrini tanlang — «1 oy» yoki «1 yil» (bir yilga to'lov qilinganda chegirmali yakuniy narx ko'rsatiladi).
- Konfiguratsiyani tanlash: Server parametrlarini (CPU, RAM, SSD) ko'rib chiqing va vazifalaringizga mos tarif ostidagi «Buyurtma berish» tugmasini bosing (masalan, SSD Master).
Parametrlarni sozlash va tasdiqlash
Buyurtmani yuborishdan oldin server konfiguratsiyasi formasini diqqat bilan to'ldiring:
- Tarif: Tanlangan tarif rejasi to'g'riligini tekshiring.
- Bog'lanma(Kontakt): To'lovchi shaxs kontaktini ro'yxatdan tanlang. Agar ro'yxat bo'sh bo'lsa, avval shaxsiy kabinetdagi «Kontaktlar» bo'limida yangi kontakt yaratishingiz va ma'lumotlarni to'liq to'ldirishingiz kerak bo'ladi. Bu haqida batafsil kontakt yaratish qo'llanmasida o'qishingiz mumkin.
- Hostname: Server identifikatsiyasi uchun qulay, qisqa nom kiriting (masalan, kompaniya yoki loyiha nomi).
- OS: Kerakli operatsion tizimni tanlang (masalan, Ubuntu 22.04 LTS). Agar qaysi OS tanlashni bilmasangiz, VDS uchun operatsion tizim tanlash haqidagi maqola bilan tanishing.
- Oferta va yuborish: Ommaviy oferta shartlari bilan tanishing, rozilik belgisini qo'ying va forma pastidagi «Buyurtma qilish» tugmasini bosing.