UZ domenini roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish narxi
.uz zonasi domenini roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish narxlari haqida maʼlumot
Yuqoridagi sahifa havolasi
Jadval ma'lumoti bo'yicha yo'riqnoma
1. Tariflar yuridik va jismoniy shaxslar uchun ham amal qiladi;
2. Domen uchun to'lov va Muddatni cho'zish
- Domeningizni jadvalda ko'rsatilgan tartib va narxlarga ko'ra kerakli muddat bo'yicha sotib olishingiz mumkin: 1 yilga, yoki 5 yilga muddat belgilab sotib olish;
- Yoki mavjud domeningiz muddatini uzaytirib olishning imkoni mavjud. Bu "
Muddatini cho'zish" ustuni orqali berilgan narxlar asosida amalga oshadi;
3. Domen uchun to'lov vaqtida qilinmasa
Masalan, domen muddati bugun tugaydigan kun bo'lsa:
- Ertasi kunidan boshlab, 7 kun vaqt davomida domen "
Uzaytirishni kutish" holatiga o'tadi va jadvaldagi "Muddatini cho'zish" to'lov summalari bo'yicha domen muddatini cho'zib olish mumkin bo'ladi. - Agar domen muddati 7 kundan ortiq muddatga cho'zilib ketsa, mana shu 7 kun o'tgach, keyingi 30 kunlik "
Redemption Period"(Sotib olish davri) davri boshlanadi.Redemption Perioddavrida ham domen o'z egasi nomida qo'ladi, ammo aktiv bo'lmaydi.Redemption Perioddavrida domenni bir yilga aktivlashtirmoqchi bo'lsangiz, "Muddatini cho'zish" emas, balki "Redemption Period" ustunidagi summani to'laysiz;Redemption Perioddavrida domenni, masalan, birdaniga besh yilga aktivlashtirmoqchi bo'lsangiz, avval uning 1 yili uchun "Redemption Period" ustunidagi summa, so'ng qolgan 4 yili uchun "Muddatini cho'zish" ustunidagi 4 yillik summa yechib olinadi.Ayni holat umumiy ma'noda ko'proq vaqt talab qiladi. Sababi, domen ustida ketma-ket amaliyotlar bajarilishi 3-4 kun oraliq vaqt bilan amalga oshirilishi kerak. Shu sabab, avval bir yilga aktivlashtiriladi, so'ng, 3-4 kun vaqt ichida muddati yana 4 yilga cho'zib beriladi;
- Domen muddati "
Uzaytirishni kutish" davridan ham, "Redemption Period" davridan ham o'tib ketsa (jami 37 kun), ushbu domen o'zining eski egasidan butunlay bo'shatiladi va istalgan odam uni ro'yxatdan o'tkazib olish, egalik qilish huquqiga ega bo'ladi.