SRV va NAPTR DNS yozuvlari kompyuterlarga domen orqali taqdim qilinadigan chat, ovozli qo‘ng‘iroq va sayt xizmatlarini topishga yordam beradi. Ular loyiha dasturlariga serverning ma'lum xizmat turi uchun qayerga murojaat qilishni va qanday ulanishni ko‘rsatib beradi.
SRV yozuvlari (Service Records)
SRV yozuvlari bizga: «Bu xizmat mana shu server va portda joylashgan», - deb javob qaytarib turadi.
Nima uchun SRV yozuvlari kerak?
- Dasturlarga chat yoki qo‘ng‘iroq serverini topishga yordam beradi;
- Trafikni serverlar orasida taqsimlaydi;
- Asosiy server ishlamasa, zaxira serverdan foydalanilishini sozlash uchun kerak bo'ladi.
SRV yozuvlari qanday ishlaydi
- Dastur serverdagi ma'lum xizmatga ulanmoqchi bo‘ladi;
- DNS’dan: «Bu xizmat serveri qayerda?», deb so'raydi (SRV orqali);
- DNS server javob qilib server nomi va portini qaytaradi;
- Dastur kerakli xizmatga ulanadi.
SRV yozuvi formati
_service: xizmat turi (masalan,_sip);_protocol: odatda_tcpyoki_udp;domain: domeningiz nomi;priority: ustuvorlik (kichik raqam = yuqori ustuvorlik);weight: trafikni muvozanatga solish;port: ulaniladigan port raqami;target: server nomi.
SRV yozuvi namunasi
| Name | TTL | Type | Priority | Weight | Port | Target |
|---|---|---|---|---|---|---|
| _sip._tcp.example.uz | 3600 | SRV | 10 | 60 | 5060 | sipserver.com. |
SRV yozuvini qo‘shish
- DNS provayderingiz paneliga kirasiz;
- Yangi SRV yozuvi yaratasiz;
- Bunda xizmat, protokol, domen, priority, weight, port va targetni kiritib qo'yishingiz kerak bo'ladi.
NAPTR yozuvlari (Naming Authority Pointer)
NAPTR yozuvlari dasturlarga server xizmatlarini bosqichma-bosqich topishda yordam beradi. Ular: «Keyingi serverni topish uchun shu qoidani ishlating», - kabi mazmunda javob qaytarib turadilar.
Nima uchun NAPTR yozuvlari kerak?
- SIP yoki ENUM kabi xizmatlar uchun;
- SRV yozuvlariga yoki bevosita serverga yo'naltirish qoidalarini ishlab chiqish uchun;
- Moslashuvchan marshrutlash imkonini beradi.
NAPTR yozuvlari qanday ishlaydi
- Dastur: «Bu domen uchun NAPTR yozuvlari bormi?», - deb so'raydi;
- DNS server xizmatiga, yoki to'g'ridan-to'g'ri ulanish qoidalarini ko'rsatadi;
- Dastur ushbu qoidalarni qo‘llab keyingi bosqichga o‘tadi (masalan, SRV yozuviga).
NAPTR yozuvi formati
order: Qoidalar tartibi (kichik raqam = avvalroq boshlash);preference: bir xil order berilgan qoidalar uchun tartibni belgilash;flags: keyingi harakat (masalan, "S" = SRV’ga o‘tish);service: xizmat turi (masalan, "SIP+D2U");regexp: domenni o‘zgartirish qoidasi;replacement: qayerga o‘tish kerakligi.
NAPTR yozuvi namunasi
| Name | TTL | Type | Order | Preference | Flags | Service | Regexp | Replacement |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| example.uz. | 3600 | NAPTR | 100 | 10 | "S" | "SIP+D2U" | "" | _sip._udp.example.uz. |
NAPTR yozuvini qo‘shish
- DNS provayderingiz paneliga kiring;
- Yangi NAPTR yozuvi yarating;
- Order, preference, flags, service, regexp va replacementni to‘ldiring.
SRV va NAPTR: farqi nimada?
| Xususiyat | SRV yozuvi | NAPTR yozuvi |
|---|---|---|
| Maqsad | To‘g‘ridan-to‘g‘ri server va portni ko‘rsatadi | Keyingi bosqich qoidalarini belgilaydi |
| Foydalanish | Oddiy xizmatga ulanish | Murakkab marshrutlash yoki ko‘p bosqichli qidiruv |
| Format | priority, weight, port, target | order, preference, flags, service, regexp, replacement |
| Misol | «sipserver.com:5060 ga ulanish» | «SIP uchun SRV yozuvini shu qoidaga ko‘ra topish» |
Xulosa
- Agar server va port aniq bo‘lsa — SRV yozuvini ishlating;
- Agar moslashuvchan yo‘naltirish kerak bo‘lsa — NAPTR yozuvini ishlating;
- Ko‘pincha NAPTR — SRV’ga ishora qilgan holda yaratiladi.
Birgalikda ular xizmatlarga tez va samarali ulanishni ta’minlaydi.