DNS qanday ishlaydi

DNS tizimi qanday ishlashini va u internet bo‘ylab so‘rovlarni asosiy komponentlari orqali qanday yo‘naltirishini tushunib oling

Tasavvur qiling, siz brauzerga hostmaster.uz deb kiritdingiz. Orqa fonda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:

  1. Brauzer kesh xotirasi: Birinchi o'rinda sizning Brauzeringiz ushbu domen uchun IP manzilini o'z kesh xotirasidan tekshirib ko'radi. Agar domen uchun IP manzil aniqlansa va kesh xotira eskirmagan bo‘lsa, jarayon shu yerda tugaydi. Sababi bizda shudoq ham domen IP manzili haqidagi eskirmagan ma'lumot mavjud.
  2. Stub rezolver → Rekursiv rezolver: Agar ma'lumot topilmasa, yohud Brauzeringiz keshi eskirgan bo'lsa, operatsion tizimingizdagi Stub rezolver so‘rovni rekursiv DNS rezolver(masalan, ISP, Google DNS 8.8.8.8, Cloudflare 1.1.1.1)ga yuboradi. Rekursiv resolverda ham brauzeringizda bo'lgani kabi kesh ma'lumotlari bo'lishi mumkin. Eskirmagan ma'lumot aniqlansa, domen uchun IP manzil Brauzeringizga qaytariladi va jarayon yakunlanadi.
  3. Rezolver → Root server: Agar Resolver keshida eskirmagan ma'lumot aniqlanmasa, endi Rezolver Root serverlardan .uz TLD serverlari qayerda ekanini so‘raydi va Root server Resolverga kerakli ma'lumotni qaytaradi.
  4. Rezolver → TLD serverlar: Rezolver .uz TLD serverlaridan hostmaster.uz domeni uchun qaysi Avtorizatsiya server(lar)i javobgar ekanini so‘raydi va kerakli javobni oladi.
  5. Rezolver → Avtorizatsiya serverlari: Rezolver Avtorizatsiya serveridan hostmaster.uz IP manzilini to'g'ridan-to'g'ri so‘raydi va bu kabi javob oladi: 37.140.216.140.
  6. Rezolver → Brauzer: Rezolver IP manzilni Brauzeringizga qaytaradi.
  7. Brauzer → Veb-server: Brauzeringiz 37.140.216.140 IP manzilidagi Veb-serverga sayt sahifasi uchun so'rov yuboradi.
  8. Veb-server → Brauzer: Veb-server sayt sahifasini brauzeringizga javob sifatida qaytaradi va sizda shu bilan sayt sahifasi ochilgan bo'ladi.

🏷️ NS yozuvi nima?

DNS ekotizimi bir nechta qismlardan iborat: Brauzer, Stub rezolver, Rekursiv rezolver, Root serverlar, TLD serverlar, Avtorizatsiya serverlari.

Bu yerda siz nazorat qila oladigan qismi bu — Avtorizatsiya serverlaridir. Sizning barcha DNS yozuvlaringiz shu yerda saqlanadi.
Domeningizni uchun Avtorizatsiya serverlari qaysilar ekanini siz NS (Name Server) yozuvlari orqali sozlaysiz.

Bundan buyon biz Avtorizatsiya serverlarini shunchaki domen DNS serverlari deb yuritamiz. Odatda, domen sotib olingan payt domen registratoringiz o'z DNS serverlari(Avtorizatsiya serverlari)ni domen NS yozuvlariga sozlab qo'yadi va unda siz uchun tayyor DNS menejer sahifasi taqdim qilinadi.

NS yozuvi butun dunyoga domeningiz uchun qaysi DNS serverlar avtorizatsiya(rasmiy maqom)ga ega ekanini bildiradi.

Oddiy so'z bilan aytganda: Registrator domen uchun rasmiy maqomga ega DNS serverlar kerak bo'lsa unda manabular bor deb internet tarmog'iga NS yozuvlarini barchaga yetkazib berib turadi.

Muhim jihatlari

  • Har bir domen kamida ikkita NS yozuviga ega bo‘lishi kerak (ishonchli bo'lishi uchun).
  • Ular bir pog'ona yuqori zonada saqlanadi (masalan, .com zonasi google.com uchun qaysi NS serverlar javobgar ekanini nazorat qiladi).
  • Ular vakolatni bir zonedan boshqasiga topshirish xususiyatiga ega bo'ladi.

Bizga yuqoridagi uchinchi jihat tushunarsizroq bo'lib tuyilishi mumkin.
Vakolatni bir zone dan boshqasiga o'tkazish xususiyati faqatgina NS yozuvlariga tegishli hisoblanadi.
Masalan, siz example.uz domenini Hostmasterdan sotib olgan bo'lsangiz, ushbu domen uchun NS yozuvlarni o'zgartirishni aynan ushbu registrator - Hostmasterning tegishli sahifasida amalga oshirasiz. Bu NS yozuvlari, domeningiz uchun rasmiy DNS yozuvlarini saqlash vakolatini registratordan siz sozlagan NS yozuvlaridagi DNS serverlariga o'tkazadi.
Sizda shaxsan o'zingiz, alohida serverda ishga tushirgan DNS serverlaringiz bo'lsa ham, NS yozuvlar orqali DNS boshqaruvi vakolatini (shaxsiy DNS serveringizdan emas) aynan domen olgan registratoringizdan ushbu DNS serveringiz manzillariga o'tkazib olishingiz kerak bo'ladi.

Misol

hostmaster.uz domeni uchun .uz TLD quyidagilarga ishora qiladi:

Nega bu yozuvni sozlash muhim?

  • To‘g‘ri NS yozuvlarisiz domeningiz ishlamaydi.
  • DNS provayderingizni o'zgartirish (masalan, GoDaddy-dan Hostmaster-ga) NS yozuvlarini yangilashni talab qiladi.
  • NS yozuvlari global DNS iyerarxiyasining bog‘lovchi elementi hisoblanadi.

👉 Misol: Agar siz .com domenini sotib olgan bo'lsangiz, lekin u uchun saytni Hostmaster serverlarida joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, domeningizning NS yozuvlarini Hostmaster-ning tegishli NS yozuvlariga o‘zgartirishingiz kerak bo'ladi.
Ayni bu masalada avval bizning qo'llab-quvvatlash aloqa xizmatimizga yozib yuborasiz.