.uz domeni registratori, statusi va DNS serverlari holatini tekshirish

.uz domeni holati haqida ma'lumot beruvchi asosiy manbaa - ccTLD sayti bilan tanishib oling

Domenni tekshirishni o'rganish qismiga o'tish

ccTLD

ccTLD.uz — bu O'zbekiston milliy Internet domen zonasining rasmiy veb-sayti bo'lib, u ".uz" domenini boshqaradi. Bu sayt orqali .uz domen nomlarini qidirish, tekshirish va u haqida ma'lumot olish mumkin.

.uz domeni

  • .uz — bu O'zbekistonning davlat kodi asosida berilgan yuqori darajadagi internet domeni (ccTLD: country-code top-level domain).
  • Domenlar ko'pincha to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi darajada (masalan: example.uz) ro'yxatga olinadi.
  • Bu domen O'zbekiston kompaniyalari, tashkilotlari va shaxslar tomonidan keng qo'llaniladi.

Sayt orqali siz qidirlgan domenga tegishli ma'lumotlar: domen registratori, u ro'yxatdan o'tkazilgan sana, domen muddati tugaydigan sana, domen statusi, DNS server manzillari (NS yozuvlari) va domen egasining shaxsga tegishli ma'lumotlari

Uni kim boshqaradi?

“.uz” domen zonasining boshqaruvi UZINFOCOM markazi zimmasida, bu tashkilot ICANN bilan shartnoma asosida milliy domenni boshqaradi.

Domen ma'lumotlarini tekshirish

Misol tariqasida hostmaster.uz domenidan foydalanamiz:

Domenni qidirish

  1. Kerakli domen nomini kiriting (Bu yerda hostmaster.uz domenidagi "hostmaster" qiymati kiritiladi);
  2. TLD-ni tanlang. Bu qism boshlang'ich .uz domeniga sozlangan bo'ladi. Shuningdek, .FOR.UZ, .GOV.UZ, .COM.UZ, .CO.UZ, .COM, .NET, .ORG, .BIZ, .INFO, .RU domenlari uchun WHOIS ma'lumotlarini ham izlash imkoni mavjud;
  3. Ma'lumotlarni ko'rsatish uchun "Tekshirish" tugmasini bosing.

Asosiy domen ma'lumotlari

  1. "Ro'yxatdan o'tkazuvchi" qismi ma'lumoti juda muhim bo'lib, shu qismda berilgan tashkilot qidirilgan domen registratori hisoblanadi. Siz domen to'lovini mana shu provayderga qilasiz va domen NS yozuvlarini aynan shu provayder tegishli bo'limidan sozlaysiz.

    Agar bu qismdan "ООО «NEW LINE SOLUTIONS»" qiymati berilgan bo'lsa, demak qidirilgan domen bizning Hostmaster kompaniyamizda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'ladi. Boshqa tashkilot nomi berilgan bo'lsa, domen to'lovi, statusi, NS yozuvini o'zgartirish kabi masalalarda tegishli tashkilotning o'ziga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.
  2. "Ro'yxatdan o'tgan sana", o'z nomidan kelib chiqqan holda, domen ro'yxatdan o'tkazilgan sanani ko'rsatadi.
  3. "Faoliyati tugaydi" qismida esa, domen muddati (aktiv holat uchun muddat) tugash sanasi ko'rsatilgan bo'ladi.
  4. "Holati" qismi ham juda muhim hisoblanadi. Holat, yohud domen statusi "Aktiv" deb berilmagan bo'lsa, demak domen bilan bog'liq qandaydur muammo bor.

    Turli domen statuslari va ular bilan bog'liq holatlar haqida quyidagi maqolalarda tanishishingiz mumkin:
  5. Keyingi qismda domen NS yozuvlari berilgan. NS yozuvlar domeningizning avtorizatsiya DNS serveri qaysi serverlar ekanini ko'rsatadi.
    • Agar domeningiz birinchi NS yozuvi ns1.hostmaster.uz, ns2.hostmaster.uz, yoki ns3.hostmaster.uz lardan biri bo'lsa, va ikkinchi NS revers.hostmaster.uz kabi berilgan bo'lsa, demak, domeningiz avtorizatsiya DNS serveri Hostmasterda joylashgan va domen DNS yozuvlari aynan Hostmaster orqali sozlanishi kerak.
    • Boshqa NS manzillariga sozlangan bo'lsa, unda ana o'sha DNS serverda DNS yozuvlari o'zgartirilishi/sozlanishi kerak bo'ladi.

Domen egasi haqida ma'lumotlar

  1. Pastki qismda esa domen egasiga tegishli qo'shimcha ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Bu qism ma'lumotlari ba'zi to'liq bo'lmasligi yoki "fake" ma'lumotlar bilan yashirilishi ham mumkin.