Domen DNS yozuvlarini shaxsiy kabinetdan o‘zgartirish
hosmtaster.uz shaxsiy kabineti orqali domen DNS yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanma.
Har doimgidek, siz Hostmaster-dagi shaxsiy kabinetingizga allaqachon kirib olgan bo‘lishingiz kerak.
«Mening domenlarim» bo‘limini oching
Domeningizning DNS yozuvlarini o‘zgartirish uchun, satr oxiridagi < > belgilar joylashgan qog‘oz ikonkasini bosing va «DNS menejeri»ni oching
Kerakli yozuvlarni kiriting va saqlang
Umumiy(shared) hostingda ishlatilmaydigan DNS yozuvlari
Maxsus DNS server sozlamalari, xavfsizlik infratuzilmalari yoki eski tizimlar uchun mo‘ljallangan DNS yozuvlari haqida bilib oling.
SPF siyosatini yozishni o'rganish
Domeningiz nomidan yuboriladigan elektron pochta xabarlari uchun SPF siyosatini qanday yozish/to‘g‘ri sozlashni o‘rganib oling