- DNS dastlab faqat bitta yozuv turiga ega bo'lgan — A yozuvi;
- O‘sha paytlarda internet tarmog'i universitet va institutlar o'rtasida tashkillangan bo'lib, hosts.txt fayli orqali domen tizimi boshqarilar edi;
- Bugungi kunda ham DNS ning asosiy maqsadi o'zgarmagan — domen nomini IP manzilga bog‘lash.
🤜🤛 A va AAAA
IPv4 manzillar cheklanganligi sababli, dunyo asta-sekin IPv6 tizimiga o‘tmoqda.
DNS tizimi ham moslashib, endi AAAA yozuvi orqali domen nomlarini IPv6 manzillarga bog‘lanadigan bo'ldi.
- A yozuvi — Domen nomini IPv4 manzilga bog‘laydi:
- AAAA yozuvi — Domen nomini IPv6 manzilga bog‘laydi:
| Xususiyat | A yozuvi | AAAA yozuvi |
|---|---|---|
| IP versiyasi | IPv4 | IPv6 |
| Formati | x.x.x.x | xxxx:xxxx:xxxx:xxxx:xxxx:xxxx:xxxx:xxxx |
| Qo‘llanishi | Eski tarmoqlar, hozirgi ko'pchilik serverlarda | Zamonaviy tarmoqlar, IPv6 qo‘llovchi serverlar |
| Maks. manzillar soni | 4.3 mlrd manzil | 340 undecillion manzil ᕙ(⇀‸↼‶)ᕗ |
Namunaviy A va AAAA yozuvlari
| Maqsad | Nomi | TTL | Turi | Qiymat |
|---|---|---|---|---|
| Root domen IPv4 manzili | @ | 3600 | A | 93.184.216.34 |
| WWW subdomen IPv4 | www | 3600 | A | 93.184.216.34 |
| Root domen IPv6 manzili | @ | 3600 | AAAA | 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334 |
| WWW subdomen IPv6 | www | 3600 | AAAA | 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334 |
| Mail server IPv4 | 3600 | A | 93.184.216.35 | |
| FTP server IPv4 | ftp | 3600 | A | 93.184.216.36 |
Xulosa
A yozuvi domen nomini serverning IPv4 manziliga bog‘laydi. Bu orqali foydalanuvchilar saytga ushbu nom orqali kirishlari mumkin bo'ladi.
Qiziqarli faktlar
- A yozuvi nomi “Address” (manzil) so‘zidan kelib chiqqan.
- AAAA yozuvi esa “quad-A” deb ataladi, chunki IPv6 manzili IPv4 dan 4 baravar uzun — shu sababli to‘rt marta A yoziladi: AAAA.
- IPv6 tuzilishi:
- IPv6 manzili 128 bitdan iborat;
- 16 bitdan 8 ta guruhga bo‘lingan va
:belgisi bilan ajratiladi; - Har bir guruhda 4 ta o‘n oltilik (hexadecimal) raqam bo‘ladi.

- Jami 2128 ta manzil mavjud. Bu 340 undecillion manzil deb yuritiladi;
- Bu bo'yicha har bir odamga milliardlab manzillar berish mumkin bo'ladi;
- Hatto, ba’zilarning hisoblablashi bo'yicha: Yer yuzasidagi har bir atomga bittadan IPv6 manzil ajratish mumkin.
- Nega “IPv6” deb ataladi?
- Bu “Internet Protocol version 6” degan ma’noni anglatadi;
- IPv5 tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilgan, lekin keng ko'lamda, ommaviy qo‘llanilmagan;
- Shuning uchun, keyingi standart IPv6 deb nomlangan va qo'llana boshlangan;
- IPv1, IPv2, IPv3 ham mavjud bo‘lgan, lekin IPv5 kabi keng qo‘llanilmay, faqat hujjatlashtirilgan versiyalar sifatida qolib ketgan.