- CNAME — Bir domen nomini boshqasiga yo'naltiradi (masalan,
www.example.uz→example.uz) - DNAME — Butun ostki subdomenlar tuzilmasini yangisiga yo‘naltiradi (kam ishlatiladi, lekin qo‘llab-quvvatlanadi)
CNAME yozuvi – Maqsadi
CNAME (Canonical Name) yozuvi — bu subdomenni yo'naltirish uchun ishlatiladi. Shu yo‘l bilan siz har bir subdomenga IP manzilni qayta yozishingiz shart emas. Subdomenlar uchun CNAME yozuvini yarating va Value uchun root domen(example.uz)ni kiriting.
Asosiy jihatlari:
- Subdomenlar uchun ishlab chiqilgan (
www,mail,ftp); - Root domen uchun ishlatib bo‘lmaydi (
example.uz); - Bir xil server/IP-da bo'lgan domenlarga yo‘naltirish imkoni mavjud;
- Boshqaruvni osonlashtiradi: asosiy IP o‘zgarsa, barcha CNAME bilan sozlangan subdomenlar uchun manzil avtomatik yangilanadi.
Ko'p qo'llaniladigan CNAME yozuvlari
| Maqsad | Nomi | Turi | Qiymat | TTL |
|---|---|---|---|---|
| Asosiy sayt aliasi | www | CNAME | example.uz | 3600 |
| Email xizmati aliasi | CNAME | mail.example.uz | 3600 | |
| FTP server aliasi | ftp | CNAME | example.uz | 3600 |
| Blog aliasi | blog | CNAME | blog.example.uz | 3600 |
| CDN/static fayllar aliasi | assets | CNAME | cdn.example.uz | 3600 |
Nega CNAME ishlatiladi?
1. IP manzillarni qayta yozib chiqishdan qochish
- Agar CNAME o'rniga bir nechta subdomenlar bo'lsa, ular root domen bilan bir xil serverga yo‘naltirilgan bo'lsa va server IP manzili o'zgarsa, har bir subdomen uchun A yozuvlarida IP manzilni qayta yozib, o'zgartirib chiqishingiz kerak bo'ladi;
- Agar ushbu holatda barcha subdomenlar CNAME orqali root domenga yo'naltirilgan bo'lsa, root domenda IP manzil o'zgarishi avtomatik, barcha subdomenlarda ham IP manzilni yangilanishiga sabab bo'ladi.
2. Uchinchi tomon integratsiyasini osonlashtirish
- Ba’zi xizmatlar (CDN, SaaS) IP emas, domen nomini yo'naltirish manzili sifatida taqdim qiladi;
- Bunday tizimlarda IP manzili tez-tez o‘zgarishi mumkin. Bunday holatda A yozuvi sozlanishi pand beradi. Shunga, IP manzili avtomatik o'zgarishi ta'minlanishi uchun CNAME ishlatiladi.
Misol:cdn.example.uz → provider.cdn.net
DNAME yozuvi – Maqsadi
DNAME (Delegation Name) yozuvi butun subdomen tuzilmasini boshqa domen tuzilmasiga yo‘naltiradi.
Asosiy jihatlari:
- Barcha subdomenlar tuzilmasini boshqa tuzilmaga yo‘naltiradi
- Root domen uchun ishlatib bo‘lmaydi
- Kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi
Misollar
Same-domain subtree:
internal.example.uz IN DNAME infra.example.uz
vpn.internal.example.uz→vpn.infra.example.uz
Ya'ni, endi siz avval yaratgan bank.internal.example.uz, shop.internal.example.uz, api.shop.internal.example.uz, ... kabi butun boshli tuzilma uchun yangi subdomenlar tizimi - bank.infra.example.uz, shop.infra.example.uz, api.shop.infra.example.uz, ... kabi holatda ishlay boshlaydi. Bu kabi yangi tuzilma har bir subdomenini qayta yaratib chiqish shart bo'lmaydi. Birgina DNAME yozuvining o'zi kifoya.
Cross-domain subtree:
legacy.example.uz IN DNAME new.example.net
ftp.legacy.example.uz→ftp.new.example.net
Yuqoridagi kabi holat, faqat endi boshqa domen subdomenlari tuzilmasi uchun.
Ko'p qo'llaniladigan DNAME yozuvlari
| Maqsad | Nomi | Turi | Qiymat | TTL |
|---|---|---|---|---|
| Eski subdomenlar tuzilmasini yo‘naltirish | legacy.example.uz | DNAME | new.example.net | 3600 |
| Ichki namespace | internal.example.uz | DNAME | infra.example.uz | 3600 |
| VPN subtree | vpn.internal.example.uz | DNAME | vpn.infra.example.uz | 3600 |
| Monitoring subtree | monitor.internal.example.uz | DNAME | monitor.infra.example.uz | 3600 |
| Dev muhiti | dev.example.uz | DNAME | sandbox.example.uz | 3600 |