Umumiy(shared) hostingda ishlatilmaydigan DNS yozuvlari
Maxsus DNS server sozlamalari, xavfsizlik infratuzilmalari yoki eski tizimlar uchun mo‘ljallangan DNS yozuvlari haqida bilib oling.
Umumiy(shared) hosting uchun mo‘ljallanmagan DNS yozuvlari (Maxsus DNS serverlari / Infratuzilmalarda ishlatish mumkin)
Bu yozuvlar odatda cPanel/WHM yoki shu kabi umumiy(shared) hosting boshqaruvi muhitida ishlatilmaydi.
Ular faqat maxsus DNS server sozlamalari, rivojlangan infratuzilmalar yoki xavfsizlikka qaratilgan tizimlarda kerak bo‘ladi.
| Yozuv | Maqsad |
|---|---|
| DNSKEY | DNSSEC uchun ochiq kalitlarni saqlaydi. |
| DS | Delegation Signer; DNSSEC ishonch zanjiri qismi. |
| RRSIG | DNSSEC imzosi. |
| NSEC / NSEC3 / NSEC3PARAM | DNSSEC’da mavjud emaslikni tasdiqlash uchun ishlatiladi. |
| TLSA | TLS sertifikatlarini domen bilan bog‘laydi (DANE). |
| CDNSKEY / CDS | DNSSEC kalitlarini farzand zonadan ota zonaga avtomatik delegatsiya qiladi. |
| SSHFP | SSH ochiq kalit barmoq izlarini saqlaydi (kamdan-kam, faqat infrada). |
| TKEY / TSIG | DNS serverlari orasidagi xavfsiz aloqa uchun kalitlar. |
| OPT | Kengaytirilgan DNS opsiyalari (EDNS, ichki foydalanish uchun). |
| AXFR / IXFR | Zona transfer protokollari (serverdan serverga replikatsiya). |
| HIP | Host Identity Protocol (rivojlangan/eksperimental tarmoq). |
| SVCB / HTTPS | Xizmatlarni va HTTPSni topishni optimallashtirish uchun yangi yozuv turlari (WHM’da hali yo‘q). |
| OPENPGPKEY | Email shifrlash uchun OpenPGP ochiq kalitlarini saqlaydi. |
| SMIMEA | S/MIME sertifikatlarini saqlaydi (TLSA ga o‘xshash). |
Eski / Ishlatilmaydigan DNS yozuvlari
Bu yozuv turlari DNS standartlarida mavjud, ammo eskirgan, zamonaviy mexanizmlar bilan almashtirilgan yoki keng qo‘llanilmagan.
Ular hozirgi hosting sozlamalarida mavjud emas.
| Yozuv | Maqsad |
|---|---|
| MB | Pochta qutisi domen nomi (eskirgan pochta tizimi). |
| MG | Pochta guruhi a’zosi (eskirgan). |
| MR | Pochta qayta nomlash domeni (eskirgan). |
| MINFO | Pochta qutisi / pochta ro‘yxati haqida info (eskirgan). |
| WKS | Yaxshi ma’lum bo'lgan xizmatlar (SRV bilan almashtirilgan). |
| X25 | Domenni X.25 tarmoq manziliga biriktiradi (telekom, eskirgan). |
| ISDN | Domenni ISDN manziliga biriktiradi (eskirgan). |
| RT | Yo‘nalish-orqali yozuv (keng tarqalmagan). |
| PX | X.400 pochta xaritasi uchun ko‘rsatkich (eskirgan). |
| EUI48 | MAC manzilini saqlaydi (kamdan-kam, amalda ishlatilmaydi). |
| EUI64 | Kengaytirilgan MAC manzilini saqlaydi (kamdan-kam, amalda ishlatilmaydi). |
| APL | Manzil prefiksi ro‘yxati (eksperimental, marshrutlash). |
| CERT | Ochiq kalit sertifikatlarini saqlaydi (kamdan-kam/eskirgan). |
| NID / L32 / L64 / LP | ILNP uchun eksperimental yozuvlar (IP o‘rniga, qabul qilinmay qolib ketgan). |