DNS yozuvlari holatini tekshirish
Yangi yaratilgan, yoki o'zgartirilgan DNS yozuvlaringiz holatini global keshda yangilanishi tekshirishni o'rganib oling
Domeningizning biror DNS yozuvi bilan muammo bor va siz uni qanday tekshirishni bilmay turibsiz
Domeningiz DNS yozuvini o'zgartirdingiz, ammo bu o'zgarish bo'lganiga anchagina ham vaqt o'tdiki, hali-hanuz ishlamay turibdi. Nega bunday bo'layotganini bilmoqchisiz.
Siz uchun DNS yozuvi o'zgarish vaqtini bilish muhim, ammo buni qanday aniqlashga boshingiz qotib turibdi.
Yuqoridagi savollarga javob olishdan va muhim manbaalar bilan tanishib olishdan avval, biz siz bilan bu mavzuning asosiy "qahramoni" - TTL bilan tanishib olishimiz lozim.
TTL o'zi nima?
TTL (Time to Live) — bu DNS yozuvi qancha vaqt davomida boshqa serverlarda (keshlarda) saqlanishini bildiradi.
Oddiy qilib aytganda: DNS ma’lumotining “yaroqlilik muddati”.
Bu qanday ishlaydi?
- Foydalanuvchi saytga kirishda server IP manzilini so'rash uchun DNS resolver, yoki provayderga so'rov yuboradi;
- Ular esa IP manzilni Authorative DNS serverdan so'rab, bilib, o‘z xotirasi(RAM)ga saqlaydi
- Saqlangan xotira kesh hisoblanib, TTL vaqti tugamaguncha barcha so‘rovlarga shu eski ma’lumotni qaytaradi
- TTL tugagach — yangi ma’lumot olish uchun yana Authorative DNS serverga so'rov yuboriladi
Shu tariqa sikl takrorlanaveradi.
Nega o‘zgarish darhol ko‘rinmaydi?
Agar siz DNS yozuvni o‘zgartirsangiz, eski ma’lumot hali boshqa serverlarda saqlanib turgan, TTL davri hali tugamagan bo'lsa, siz u yangilanmaguncha eski ma'lumotlarni olaverasiz.
Bu jarayon DNS propagation (tarqalish jarayoni) deb yuritiladi.
Keng qo'llaniladigan TTL qiymatlari
| TTL | Qachon ishlatiladi |
|---|---|
| 60–300 soniya | Tez o‘zgarishlar uchun (migratsiya, test muhitlarida) |
| 3600 (1 soat) | Standart qiymatlardan |
| 86400 (24 soat) | Kam o‘zgaradigan yozuvlar uchun |
- Katta TTL qiymati → tez ishlaydi, lekin o‘zgarish sekin tarqaladi
- Kichik TTL qiymati → o‘zgarish tez ko‘rinadi, lekin DNS so‘rovlari ko‘payadi
Agar saytni boshqa serverga ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz: 1 kun oldin TTL ni 300 ga tushiring. So'ng yana 3600, 14400 qiymatlariga qaytarib olsangiz bo'ladi.
Ya'ni bu yerda oldindan rejalashtirish muhim, yo'qsa, TTL davri tugashini kutishdan boshqa ilojingiz yo'q.
DNS yozuvi holatini tekshirish
Bu yerda biz misol sifatida hostmaster.uz domeni uchun, uning IPv4 manzilini aniqlash, aniqrog'i, bu domen uchun A DNS yozuvini tekshirishni ko'rib chiqamiz.
dnschecker.org
- Saytda DNS yozuvi tekshirilishi kerak bo'lgan domen, yoki subdomen nomi to'liq kiritiladi;
- Tekshirilishi kerak bo'lgan DNS yozuvi tipi tanlanadi;
- So'ng qidiruv tugmasini bosamiz.
Bizga turli davlatlarda joylashgan serverlarda ushbu domenning berilgan tipdagi DNS yozuvi qiymatlari ko'rsatiladi.
Shu bilan biz DNS yozuvi o'zgarish jarayonida ekan, yoki o'zgarib bo'lgani, yoki hali jarayon boshlanmagani haqida tushuncha olamiz.
whatsmydns.net
Ushbu sayt ham dnschecker.org dan ishlashi jihatidan deyarli farq qilmaydi. Biz bu saytni dnschecker.org ishlamay qolgan holat bo'lsa, degan ma'noda qo'shimcha resurs sifatida taqdim qilyapmiz.
Shaxsiy kompyuterimiz orqali DSN yozuvini tekshirish
Windows
Windows PowerShell-da quyidagicha buyruq amali orqali DNS yozuvlarini, biz uchun ayni holati, qiymati qanday ekanini tekshirib olish mumkin:
Linux (Ubuntu)
Linux tizimlari uchun eng yaxshi tool sifatida dig buyruq amali tavfsiya etiladi
MacOS
MacOS tizimida Terminaldan foydalangan holda, Linux-dagi kabi, dig buyrug'idan foydalanish mumkin: