🌍 DNS Root Serverlari va Domenlar Haqida Qiziqarli Faktlar

DNS root serverlari va domenlar haqida qiziqarli ma’lumotlar — nechta root server borligidan tortib eng noodatiy domenlargacha.

⚛️ Root Serverlar

  1. Faqat 13ta emas
    Odamlar ko‘pincha dunyoda faqat 13 root server bor deb o‘ylashadi.
    Aslida esa ularning 1000 dan ortiq instanslari mavjud (A–M).
  2. Raqam emas, harf
    Ular A dan M gacha (13 ta harflarda) belgilanadi.
    Har biriga turli tashkilot javobgar hisoblanadi.
  3. Anycast mo'jizasi
    Anycast texnologiyasi tufayli bitta “root server” butun dunyo bo‘ylab o‘nlab va yuzlab joylarda mavjud bo'la oladi.
    Bu DNS’ni tezroq va ishonchli ishlashini ta'minlaydi.
  4. Hamma joyda
    Root serverlar barcha qit’alarda mavjud, hatto Afrika, Janubiy Amerika va Markaziy Osiyoda ham.
  5. Kuchli zaxira tizimi
    Bir nechta server ishdan chiqsa ham, DNS butun dunyo bo‘ylab zaxiralash tufayli ishlashda davom etadi.
  6. 1980-yillardan boshlab
    Birinchi root serverlar 1985–1987 yillarda ishga tushirilgan.
    O‘sha vaqtda ularning soni juda kam edi.
  7. “Master switch” mavjud emas
    Root serverlar internetni boshqarmaydi.
    Ular faqat DNS qidiruvlarining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.

📑 Root Server Operatorlari (A–M)

HarfOperatorURL
AVerisign, Inc.https://www.verisign.com
BUniversity of Southern California (ISI)https://www.isi.edu
CCogent Communicationshttps://www.cogentco.com
DUniversity of Marylandhttps://www.umd.edu
ENASA Ames Research Centerhttps://www.nasa.gov
FInternet Systems Consortium (ISC)https://www.isc.org
GU.S. Department of Defense (NIC)https://www.defense.gov
HU.S. Army Research Labhttps://www.arl.army.mil
INetnod (Shvetsiya)https://www.netnod.se
JVerisign, Inc.https://www.verisign.com
KRIPE NCChttps://www.ripe.net
LICANNhttps://www.icann.org
MWIDE Project (Yaponiya)https://www.wide.ad.jp

🌐 Domenlar

  1. Eng qadimgi domen
    Birinchi ro‘yxatdan o‘tgan domen — symbolics.com, 1985-yilda yaratilgan va hanuz ishlab turadi.
  2. Keskin o‘sish
    Bugungi kunda dunyoda 350 milliondan ortiq domen mavjud.
  3. “Domen oltin davri”
    1990-yillarda odamlar domenlarni arzon olib, millionlab dollarga sotishgan.
    Masalan: business.com 1999-yilda $7.5 mln ga sotilgan.
  4. Xalqaro domenlar (IDN)
    Domenlar faqat lotin alifbosida emas. Ular arab, kirill yoki xitoy belgilarida ham bo‘lishi mumkin.
    Aslida esa ular brauzer orqa fonida punycode ishlatadi (masalan: xn--d1acpjx3f.xn--p1ai).
  5. Maksimal uzunlik
    Domen nomi (FQDN) eng ko‘pi bilan 253 ta belgidan iborat bo‘lishi mumkin.
    Har bir qism (label) 63 ta belgigacha bo‘lishi mumkin.
  6. Noodatiy TLDlar
    .com, .org, .uz dan tashqari .pizza, .ninja, .coffee, .xyz kabi qiziqarli TLDlar ham hozirda mavjud.
  7. Domen – investitsiya sifatida
    Qisqa va esda qolarli domenlar raqamli ko‘chmas mulk sifatida qadrlanadi.
  8. So‘zlar raqamlardan esda qolarliroq
    Tadqiqotlarga ko‘ra odamlar so‘z/domenlarni IP-manzildan osonroq eslab qolishadi.
    Shu sababli domenlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri IP-lar o'rnida ishlatiladi.
  9. DNS va elektron pochta
    Domen nafaqat sayt, balki elektron pochta ham taqdim qiladi (masalan: info@mydomain.com).
  10. Xavfsizlik
    Huquqbuzarlar ko‘pincha typosquatting (o‘xshash domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish) usulidan foydalanishadi.
    Masalan: goggle.com domenini google.com o‘rnida ishlatish.

✨ Domen + DNS = Internetning hozirgi manzil belgilash tizimi hisoblanadi.
Ular bo‘lmaganida, biz hozirgacha IP raqamlarini yozib serverlarga o'zimizga tushunarsiz raqamli so'rovlar yozib yurgan bo'lar edik.