Redemption Period

Domen uchun Redemption Period statusi o'zi nimani anglatadi?

Domen statuslari

Quyida domenning muddati uzaytirilmay, bir marta sotib olinganda, uning qanday bosqichlardan o'tishini jadval ko'rinishida ko'rib chiqamiz:

Domen statusiTavsifiDavomiyligi
AKTIVDomen roʻyxatdan oʻtgan va faol.sotib olingan, yoki uzaytirilgan muddat tugagunicha
UZAYTIRISHNI KUTISHDomen roʻyxatdan oʻtish muddati tugagan va egasi uni yangilashi kerak boʻlgan davr.7 ish kuni
REDEMPTION Period (muzlatilgan)Domen reestrdan oʻchirilgan, ammo avvalgi egasi qoʻshimcha toʻlov evaziga uni tiklashi mumkin boʻlgan holat.30 kun
BO'SHDomen reestrdan oʻchirilgan va yangi roʻyxatdan oʻtish (qayta sotib olish) uchun mavjud.-

Ya'ni, agar siz domen muddatini uzaytirishni yodingizdan chiqargan bo'lsangiz, sizda avvaliga 7 kunlik, bepul "UZAYTIRISHNI KUTISH" muddati mavjud bo'ladi. Agarda, uni o'tkazib yuborsangiz ham, domen yana 30 kun sizning nomingizda qoladi, boshqasi sotib ola olmaydi. Ammo Redemption Period statusidagi domenni qayta aktivlashtirib olish, oddiy domen narxidan qimmatroq bo'ladi. Bu muddatni ham o'tkazib yuborsangiz, unda domen butunlay bo'sh, egasiz hisoblanadi va boshqa har qanday inson o'ziga rasmiylashtirib olishi mumkin bo'ladi.

Xulosa

Redemption Period — bu domen muddati o‘tib ketib, uzaytirilmaganidan so‘ng boshlanadigan tiklash davridir. Ushbu bosqichda domen allaqachon reestrdan o‘chirilgan bo‘ladi, ammo hali hamma uchun ochiq emas va avvalgi egasiga ustuvor huquq saqlanib qoladi.

Bu davr davomida domen egasi uni registrator orqali qo‘shimcha to‘lov evaziga qayta faollashtirishi mumkin. Agar Redemption Period muddati ichida domen tiklanmasa, u butunlay bo‘sh holatga o‘tadi va boshqa foydalanuvchilar tomonidan erkin ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi.