Hostmasterning DNS menejeridan foydalanish uchun nima qilish kerak?

  • Sizda boshqa registratordan olingan .uz domen mavjud va uni ma'lum sabablarga ko'ra (masalan, hosting, VDS server yoki infratuzilmangiz Hostmasterda joylashganligi sababli) Hostmasterga ko'chirmoqchisiz;
  • Siz ilgari DNS boshqaruvini boshqa provayderga o'tkazgansiz, ammo endi uni yana Hostmaster orqali boshqarishni xohlaysiz;
  • Yoki siz barcha domenlaringizni bitta joyda — Hostmasterda jamlamoqchisiz va buni qanday amalga oshirishni bilmoqchisiz.

Qaysi holat bo'lishidan qat'iy nazar, domeningiz DNS yozuvlarini Hostmaster orqali boshqarish uchun ikki xil usul mavjud:

1. Domenni to'liq Hostmasterga ko'chirish

Bu usulda siz domen registratorini Hostmasterga o'tkazasiz. Natijada domen to'liq ko'chiriladi va uning DNS boshqaruvi hamda to'lovlari Hostmaster orqali amalga oshiriladi.

2. Domen NS yozuvlarini Hostmaster DNS serverlariga sozlash

Registrator o'zgarmagan holda ham, domeningiz uchun NS yozuvlarini Hostmaster DNS serverlariga yo'naltirishingiz mumkin.

Ammo, agar domen boshqa registratorda bo'lsa, siz hostmaster.uz'dagi DNS menejerdan foydalana olmaysiz. Bunday holatda, agar sizda hosting mavjud bo'lsa, uning DNS menejeri orqali domenni qo'shib olib, so'ng cPanel-ning "Zone Manager" interfeysi orqali boshqarishingiz mumkin.