Hostmaster’da NS yozuvlarini qanday o‘zgartirish mumkin
Hostmaster’dan sotib olgan domeningiz NS yozuvlarini qanday o‘zgartirishni o‘rganib oling
Har doimgidek, avval Hostmaster’dagi akkauntingizga kirib olgan bo‘lishingiz kerak.
Keyin NS yozuvlarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajaring:
"Mening domenlarim" bo‘limini oching
So'ng, ro‘yxatdan domeningiz uchun qalamcha ikonkasini bosing va ma’lumotlarni tahrirlash sahifasini oching
Domen ma’lumotlarini tahrirlash sahifasida NS yozuvlari (1 dan 4 gacha) uchun maydonlarni topasiz
Ularni kerakli qiymatlarga o‘zgartiring va pastdagi "Saqlash" tugmasini bosing