PTR (Redirect / Pointer) yozuvi

PTR yozuvlari haqida ko‘proq bilib oling

PTR (Pointer) yozuvlari teskari(reverse) DNS so'rovlarida ishlatiladi.
Oddiy DNS domen nomlarini IP-manzillarga A yozuvlari orqali bog‘lasa, PTR yozuvlari shunga butunlay qarama-qarshi ishni bajaradi: ular IP-manzillarni domen nomlariga bog‘laydi.

PTR yozuvi nima uchun kerak?

PTR yozuvlari qaysi domen nomi ma’lum IP-manzil bilan bog‘langanini aniqlashga yordam beradi. Bu quyidagilar uchun muhim ahamiyatga ega:

  • Email tekshiruvi: PTR yozuvlari orqali yuboruvchi server IP manzili ushbu elektron pochta domeniga mos kelishini tekshirish uchun ishlatadi.
  • Tarmoq vositalari: ping va traceroute kabi buyruqlar PTR yozuvlari orqali host nomlari uchun IP manzilni aniqlab oladi.
  • Xavfsizlik tekshiruvlari: noto‘g‘ri sozlangan yoki shubhali tizimlarni aniqlashga yordam beradi.

PTR yozuvi qanday ishlaydi

  1. Biz buni IP-manzildan boshlaymiz (masalan, 192.0.2.1);
  2. IP-manzilni teskarisiga yozib chiqamiz: 1.2.0.192;
  3. Uning oxiriga .in-addr.arpa qo‘shamiz → 1.2.0.192.in-addr.arpa;
  4. DNS’ga so'rov berishda: “Qaysi domen nomi ushbu teskari IP-ga mos keladi? - deb so'raladi”;
  5. DNS domen nomi bilan javob beradi (masalan, example.uz).

Misol

192.0.2.1 IP-manzili uchun teskari DNS so‘rovi 1.2.0.192.in-addr.arpa manzilidagi PTR yozuvini tekshiradi.

PTR yozuvi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

NomiTTLTuriQiymati
1.2.0.192.in-addr.arpa3600PTRexample.uz.

PTR yozuvlarini sozlash

PTR yozuvlarini IP manzillar subnet boshqaruvidagi provayder tashkilot boshqaradi — bu sizning hosting xizmatingiz deb qabul qilishingiz mumkin(masalan, Hostmaster).

Agar sizda shaxsiy IP subnet boshqaruvi bo'lmasa, PTR yozuvini o‘zingiz qo‘ya olmaysiz.

Uni provayderdan so‘rash tartibi:

  1. Provayderingiz yoki hosting (masalan, Hostmaster) bilan bog‘lanasiz;
  2. Ulardan PTR yozuvi qo‘shib berishni so'raysiz;
  3. Bunda bog‘lanishi kerak bo‘lgan domen nomi va IP-manzilni taqdim etasiz.