DNS (Domain Name System) yozuvlari kompyuterlarga saytlar bilan qanday ulanishni tushunishga yordam beradi. Ba’zi yozuvlar xavfsizlik, joylashuv yoki kontakt ma’lumotlari uchun ishlatiladi. Ular «turli» yoki «tekshiruv» yozuvlari deb yuritilishi mumkin. Keling, ularni oddiy tilda o'rganib chiqamiz.
1. CAA (Certification Authority Authorization)
Tavsifi: CAA qaysi kompaniyalar (sertifikat markazlari) sizning domeningiz uchun SSL sertifikat bera olishini ko‘rsatadi/cheklaydi.
Nima uchun kerak: Soxta yoki ruxsatsiz tizimlardan sertifikat olishni taqiqlash uchun kerak bo'ladi.
Qanday ishlaydi: Siz ruxsat etilgan kompaniyalar ro‘yxatini yozib saqlaysiz. Bunda ushbu ro‘yxatda yo‘q bo'lgan kompaniya orqali sertifikat olishga urinish holati rad etiladi.
Misol: Faqat Let's Encrypt sertifikat berishini belgilab qo'yish:
Jadval shakli:
| Name | Type | TTL | Flags | Tag | Value |
|---|---|---|---|---|---|
| example.uz. | CAA | 3600 | 0 | issue | letsencrypt.org |
2. SOA (Start of Authority)
Tavsifi: SOA domeningiz DNS zonasi haqida asosiy ma’lumotlarni saqlovchi yozuv hisoblanadi.
Nima uchun kerak: Qaysi server DNS server asosiy va DNS ma’lumotlari qanchalik tez-tez yangilanishi kerakligi kabi ma'lumotlarni saqlaydi.
Nimalarni o‘z ichiga oladi:
- Asosiy DNS server
- Admin email manzili
- Serial raqam (o‘zgarishlarni kuzatish uchun)
- Refresh time (yangilanishlarni tekshirish vaqti)
- Retry time (muvaffaqiyatsiz bo‘lsa qayta urinish muddati)
- Expire time (yangilanishsiz amal qilish muddati)
- Minimum TTL (xatoliklarni keshlash muddati)
Misol:
Jadval shakli:
| Name | Type | TTL | Primary NS | Admin Email | Serial | Refresh | Retry | Expire | Min TTL |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| example.uz. | SOA | 3600 | ns1.example.uz. | admin@example.uz. | 2025092401 | 7200s | 3600s | 1209600s | 3600s |
3. LOC (Location)
Tavsifi: LOC domeningizning fizik joylashuvini (GPS koordinatalarini) o'zida saqlaydi.
Nima uchun kerak: Server yoki biznesingiz aynan qayerda joylashganini ko‘rsatib o'tish imkoni mavjud.
Qanday ishlaydi: Kenglik, uzunlik, balandlik va o‘lchamlarni kiritasiz.
Misol: San-Fransiskoni manzil sifatida ko‘rsatish:
Jadval shakli:
| Name | Type | TTL | Latitude | Longitude | Altitude | Size | HP | VP |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| example.uz. | LOC | 3600 | 37°48'0.0"N | 122°24'0.0"W | 10.00m | 1m | 10km | 10m |
4. RP (Responsible Person)
Tavsifi: RP yozuvi domen uchun mas’ul shaxsning kontakt ma’lumotlarini belgilaydi.
Nima uchun kerak: Domen bilan muammolar kuzatilganda, kimga murojaat qilishni ko‘rsatib turadi.
Qanday ishlaydi: Email va qo‘shimcha ma’lumot uchun TXT yozuvini o‘z ichiga oladi.
Misol:
Jadval shakli:
| Name | Type | TTL | Responsible Person | TXT Info Location |
|---|---|---|---|---|
| example.uz. | RP | 3600 | admin@example.uz. | info.example.uz. |
5. HINFO (Host Information)
Tavsifi: HINFO host (kompyuter/server) haqida — uning operatsion tizimi va protsessor haqida ma’lumot beradi.
Nima uchun kerak: Bugungi kunda kam qo‘llanadi, ammo diagnostika yoki oddiy hostingni sozlashda yordam berishi mumkin.
Qanday ishlaydi: OS va protsessor turi yoziladi.
Misol:
Jadval shakli:
| Name | Type | TTL | CPU | OS |
|---|---|---|---|---|
| example.uz. | HINFO | 3600 | Intel | Windows |