UZ Domen Ro‘yxatdan O‘tkazish
.uz zonasida domenni Hostmaster.uz rasmiy xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma
Ushbu qo‘llanmada siz hostmaster.uz da UZ domenni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini o'rganib olasiz.
Birinchi qilishingiz kerak bo‘lgan ish bu — ro'yxatdan o'tish. Agar ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz ushbu havola orqali qanday ro'yxatdan o'tib olishni ko'rib chiqing.
Agar siz allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan va shaxsiy kabinetingizga kirib olgan bo‘lsangiz, quyidagi bosqichlarni bajarib yangi domenni ro'yxatdan o'tkazib olishingiz mumkin:
«Xizmatlar va Yechimlar» menyusini oching
Keyin «Saytlar xostingi va domenlar» bo‘limidan «Domenlar»ni tanlang
Sizda «UZ mintaqasida domenlarini ro‘yxatga olish» sahifasi ochiladi.
Bu yerdan domen nomining band, yoki bo‘shligini tekshirishirib olishingiz mumkin:
Agar qidiruvdan so‘ng: «___ domeni band!»(1) yozuvi chiqsa
Bu domen allaqachon band qilinganini anglatadi.
Shuningdek, bu domen haqida qisqacha ma’lumot olish uchun havola(2) ham pastroqda joylashgan bo'ladi.
Ortga qaytib boshqa, band bo'lmagan domen nomini qidirib ko'rasiz.
Agar qidiruv natijasi: «Домен ___ свободен.» bo'lsa
Demak, bu domen band qilinmagan va siz uni ro‘yxatdan o‘tkazib olishingiz mumkin.
Pastdagi «Buyurtma berish...» tugmasini bosing, u sizni oldingi sahifaga qaytaradi.
Siz yana domen ro‘yxatdan o‘tkazish sahifasidasiz.
Bu yerda endi domenni qayta qidiruvga bermaysiz. Siz endi domenni band emasligini bilasiz.
Endi qulay xizmat turini tanlab, uning to'g'risidagi «Buyurtma berish» tugmasini bosasiz.
Sizda yangi domenni ro'yxatdan o'tkazish sahifasi formasi ochiladi
Barcha maydonlarni to‘ldiring va to‘g‘ri NS-manzillarni kiriting
So'ngida «Domenni ro‘yxatdan o‘tkazish» tugmasini bosing
Tabriklaymiz 🎉 Siz yangi domenni o'zingiz uchun band qilib oldingiz.