Ushbu bo'limni birinchi sahifalaridan boshlab o'qib kelayotgan bo'lsangiz, demak, siz endi domen nima uchun kerakligini yaxshi tushunasiz. Endi esa domeningizni boshqarishni o'rganib olishingiz kerak.
Xo‘sh, DNS nima? Kengaytmasi Domain Name System - Domen nomi tizimi ma'nosini beradi.
Asosiy vazifasi oddiy: odamlarga qulay bo‘lgan nomlarni mashinalarga qulay bo‘lgan raqamlarga aylantirib berish, yohud shu o'rinda buning aksi.
Bizning hozirgi ishlatayotgan elektron qurilmalarimiz raqamlarni juda yaxshi ko‘rishadi, biz esa so'zlardan tarkib topgan nomlarni afzal ko‘ramiz. DNS tizimi — bu insonlar va mashinalar o‘rtasidagi “tinchlik shartnomasi” 🏳️ hisoblanadi va ikki taraf uchun kerakli holatga manzillarni o'girib, uzatib berish bilan shug'ullanadi.
🕰️ DNS tarixi haqida qisqacha
DNS paydo bo‘lishidan avvalroq internet (o‘sha paytda ARPANET) juda oddiy usuldan foydalangan:
Har bir kompyuter barcha domen nomlari va ularning IP-manzillarini o‘zida saqlagan hosts.txt fayliga tayanardi.
Qiziqarli jihati shundaki, bu fayl hozirgacha foydalaniladi, faqat - shaxsiy maqsadlarda, masalan, local tizimlarda turli testlar, tekshiruvlar o'tkazib olish uchun.
- Bu faylni Stanford Research Institute (SRI) boshqargan;
- Yangi kompyuter yoki domen qo‘shilsa, uni qo‘lda yangilash kerak bo'lar edi;
- Tarmoqdagi barcha kompyuterlar ham ushbu faylni doimiy yangilab olishi kerak bo'lgan.
👉 Masalan: Agar siz MITda bo‘lsangiz va Stanford yangi sri.lab ni qo‘shgan bo‘lsa, siz uni faqat hosts.txt faylingizni qo‘lda yangilamaguningizcha kira olmas edingiz.
hosts.txt bilan mavjud bo'lgan muammolar:
Tarmoq kattalashgani sari bu usul ish bermay qoldi:
- Juda ko‘p kompyuter va manzillarni kuzatib bo‘lmas edi;
- Yangilanishlar sekin va xatolarga moyil hisoblangan;
- Nomlashda ko‘plab ziddiyatlar yuzaga kelar edi (Masalan, ikki kompyuterda bir xil nomdagi domen qo'shilishi holatlari).
DNS-ning "tug‘ilishi"
1983-yilda Pol Mokapetris Domain Name System (DNS) ni taklif qiladi.
Ushbu taklif markazlashtirilgan matn faylini(hosts) ierarxik, taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bilan almashtirish edi.
Bunda:
- Nomlar maydonlarga (zone) bo‘linadi;
- Umumiy baza uchun mas’uliyatni taqsimlash mumkin bo‘ladi (masalan,
.comva.orgalohida boshqariladi); - So‘rovlar avtomatik hal qilinadigan bo‘ladi, ya'ni qo‘lda sinxronlash shart emas.
DNS-ning maqsad-mohiyati
(avval ham, hozir ham):
- Internetni kengaytirishdagi barqarorlik;
- Odamlarga qulay nomlarni (
example.com) IP-manzillarga avtomatik moslashtirish; - Markazlashtirilmagan boshqaruv — barcha nomlar uchun yagona fayl yoki administrator yo‘q;
- Foydalanuvchilarga yanada qulay, butunjahon internet tarmog'i