Tasavvur qiling, siz house.com domeni egasisiz.
Bunda siz faqat house.com domenining o'ziga emas, balki quyidagi domenlarga ham, bir vaqtning o'zida, ega bo'lasiz:
www.house.comkitchen.house.combasement.house.combackyard.house.compool.backyard.house.com- ...
.house.com
Bularning barchasi — subdomenlardir.
Subdomen — bu asosiy domen(SLD + TLD) nomidan avval keladigan umumiy domen qismi hisoblanadi.
Masalan:
basement.house.comdomenida basement — buhouse.com(SLD) uchun subdomen.pool.backyard.house.comdomenida esa pool ham, backyard ham subdomenlar hisoblanadi.backyard— buhouse.com(SLD) uchun bo'linish qismi(subdomeni),poolesabackyard.house.comuchun bo'linish qismi(subdomeni) hisoblanadi.
Bir ma'noda, bu sizning kompyuteringizdagi katalog(papka) strukturasiga o'xshab ketadi:
./com/house/backyard/pool
Ya’ni, "ildiz" domen(Root domen)dan com TLD(Top Level Domain - Yuqori(1-darajali) domen) ochiladi, keyin undan house SLD(Second Level Domain - ikkinchi darajali domen), undan keyin esa backyard(house.com subdomeni), so‘ngra pool(backyard.house.com subdomeni) ochiladi va u yerda bizga kerakli sayt joylashgan bo‘ladi.
Qiziqarli faktlar
Domenlarni nechinchi darajagacha bo'lish mumkin?
Bu quyidagi qoidalarga bog‘liq bo'ladi:
- To‘liq domen nomi (FQDN) uzunligi 253 ta belgidan oshmasligi kerak (nuqtalar ham hisoblanadi). Masalan,
pool.backyard.house.com.domenida 24 ta belgi; - Har bir (nuqtalar orasidagi) qism 63 ta belgidan oshmasligi kerak;
- Juda ko‘p darajalar DNS so‘rovlarini sekinlashtiradi va murakkablashtiradi;
Nazariy jihatdan, siz taxminan 127 ta daraja yaratishingiz mumkin (253 ÷ ~2 belgi ≈ 127).
- Odatda saytlar 2–3-darajada to‘xtaydi (masalan,
mail.google.com,accounts.google.com). - Korxonalarda ba’zida ichki tizimlar uchun 4–5-darajagacha boradi.
- Bundan ortig‘i ham mumkin, lekin kam uchraydi.