Domen tuzilishi
Domenlar qanday tuzilgan? Domen nomlari so'ngidagi nuqta(.) o'zi nima? Root DNS server
Domenlar qanday tuzilgani sirini oddiy google.com misolida ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda asosiy kalit element bu nuqta (.).
Domen tuzilishini inson ismiga qiyoslash mumkin. Masalan, John Doe ismi domen holatida bunday ko'rinishda bo'ladi: john.doe.
Demak, google.com ikki qismdan iborat: google (root domen) va com (yuqori darajali domen).
Ammo shu o'rinda, domenlarda bo'ladigan bir yashirin qism ham mavjud: texnik jihatdan google.com aslida google.com. tarzida yoziladi, ya'ni so'ngida qo'shimcha/yakunlovchi nuqta(.) bilan.
O‘sha oxiridagi nuqta — bu domenlar ierarxiyasining eng yuqori qismi, ya’ni Root DNSni bildiradi.
Demak, to'liq holatdagi google.com. uchun tuzilma quyidagicha:
| Daraja | Qism Qiymati | Qism Nomi | Tavsif |
|---|---|---|---|
| 0 | . | Root DNS (server) | DNS ierarxiyasining eng yuqori qismi; har bir domen shu yashirin nuqta bilan tugaydi. |
| 1 | com | Yuqori darajali domen (TLD) | .com Verisign tomonidan boshqariladi; barcha .com domenlarini saqlaydi. |
| 2 | google | Ikkinchi darajali domen (SLD) | Google tomonidan .com ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Brend, tashkilotni bildiradi. |
| 3 | google.com. | To‘liq domen nomi (FQDN) | So'ngida nuqta(.) bilan birga yozilgan eng to‘liq holatdagi domen nomi. |
Siz google.com deb yozganingizda, aslida brauzeringiz oxiriga qo'shimcha nuqtani avtomatik qo‘shadi va DNS rezolverlardan u bo'yicha ma’lumot so‘raydi.
Qiziqarli ma’lumotlar
Domen nomi qanday bo'lishi kerak?
- harflar
a–z(katta-kichik farq qilmaydi). - raqamlar
0–9. - defis (-) ishlatish mumkin, ammo qoidalari bor:
- U o‘rtada bo‘lishi mumkin (
my-site.com). - U domen boshlanishida yoki oxirida bo‘lolmaydi (
-site.com❌,site-.com❌). - U ikki defis (-- ) bilan boshlanmasligi kerak, bundan faqat maxsus punycode domenlar (masalan, inglizchadan boshqa tillarda) mustasno.
- U o‘rtada bo‘lishi mumkin (
Shu tartibda o'zingizga domen nomini tanlab olishingiz mumkin.