Domenni faollashtirish

Hostmaster shaxsiy kabineti orqali oldindan band qilingan domenni faollashtirish bo'yicha qo'llanma

Bu yerda biz, band qilib olingan domenni faollashtirib olish jarayonini ko'rib chiqamiz.

Domenni faollashtirish uchun quyidagilar amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish lozim:

  • hisob balansi kerakli summaga to'ldirilgan;
  • shaxsiy ma'lumotlar to'g'ri kiritilgan;
  • kontakt ma'lumotlari to'liq ko'rsatilgan.

Shundan so'ng domenni faollashtirishga yuborish mumkin.

Domenni faollashtirishga yuborish

Shaxsiy kabinetda faollashtirmoqchi bo'lgan domenni tanlang, ustiga bosing va «Faollashtirish uchun yuborish» tugmasini bosing.

Tayyor

So'rov yuborilgandan so'ng domen faollashtirish jarayoniga o'tkaziladi.