Domen ma'lumotlarini qayerdan aniqlab olsam bo'ladi?

Har qanday domen haqida WHOIS ma'lumotlarini bilib olish uchun asosiy manbaalar haqida bilib oling

Domenning WHOIS ma'lumotlari

WHOIS ma'lumotlari — bu ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomi haqida ochiq (yoki qisman ochiq) ma'lumotlar to'plami hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlar domen registratorlari va registrlari tomonidan saqlanadi va WHOIS qidiruv xizmatlari orqali olish mumkin.

WHOIS nimalarni o'z ichiga oladi?

Odatda WHOIS yozuvi quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi:

  • Domen nomi — ro'yxatdan o'tgan domen (masalan: hostmaster.uz)
  • Registrator — domen ro'yxatdan o'tkazilgan kompaniya
  • Ro'yxatdan o'tgan sana — domen qachon yaratilgan
  • Amal qilish muddati — domen muddati qachon tugaydi
  • Name Serverlar (NS) — domenni yo'naltiruvchi serverlar
  • Domen egasi (Registrant) ma'lumotlari — ismi, tashkilot, email, telefon, ...
  • Admin kontakt — ma'muriy masalalar uchun mas'ul shaxs
  • Texnik kontakt — texnik muammolar uchun mas'ul shaxs
  • Domen holati — (masalan: active, suspended, pending, transfer)

WHOIS nima uchun kerak?

WHOIS ma'lumotlari quyidagilar uchun foydali:

  • Domen egasini tekshirish
  • Domen mavjud yoki yo'qligini aniqlash
  • DNS yoki hosting muammolarini aniqlash
  • Domen egasi bilan bog'lanish
  • Shubhali yoki zararli domenlarni tekshirish

Maxfiylik (Privacy Protection)

Ko'plab registratorlar WHOIS Privacy Protection xizmatini taklif qiladi. Bu xizmat orqali shaxsiy ma'lumotlar (ism, email, telefon) yashiriladi va ularning o'rniga umumiy (proxy) ma'lumotlar ko'rsatiladi.

WHOIS ma'lumotini olish uchun muhim manbaalar

Agar bu .uz domeni bo'lsa, eng yaxshi (rasmiy) manbaa bu - ccTLD ning cctld.uz sayti hisoblanadi. Agar boshqa TLD domeni bo'lsa, unda quyida berilgan manbaalardan foydalanishingiz mumkin

DomainTools

WHOIS ma'lumoti olinadigan domen(SLD)ni to'liq holatda kiriting

Qidirishni bosganingizda quyidagi kabi ma'lumot olasiz:

GoDaddy-dan WHOIS ma'lumotlari

Yuqoridagi qidiruv qismiga kerakli domenni kiriting va qidirish tugmasini bosing: